2025-yil 10-aprel kuni “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Milliy arxivi, Shveysariyaning Friburg universiteti (Shveysariya) hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Shveysariya milliy ilmiy fondi va Shveysariya Qutb instituti bilan hamkorlikda Nikolay Leopoldovich Korjenevskiyning 1903-1914 yillarda olib borgan ekspeditsiyasi davomida yuritgan kundaligi va shaxsiy hujjatlarini davlat arxiviga topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 10-aprel kuni “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Milliy arxivi, Shveysariyaning Friburg universiteti (Shveysariya) hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Shveysariya milliy ilmiy fondi va Shveysariya Qutb instituti bilan hamkorlikda Nikolay Leopoldovich Korjenevskiyning 1903-1914 yillarda olib borgan ekspeditsiyasi davomida yuritgan kundaligi va shaxsiy hujjatlarini davlat arxiviga topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Nikolay Korjenevskiy O‘rta Osiyodagi muzliklar, tog‘ tizmalari va iqlim sharoitini o‘rganishda muhim hissa qo‘shgan. Uning nomi bilan atalgan muzlik va ko‘plab geografik nuqtalar hanuzgacha ilmiy xaritalarda mavjud. Uning ekspeditsiya kundaliklari nafaqat geografiya, balki tarix, etnografiya va arxivshunoslik uchun ham betakror manbadir.
Ekspeditsiya kundaligi va shaxsiy hujjatlar – bu nafaqat shaxsiy xotira, balki xalqaro ilmiy hamkorlikning yorqin namunasidir. Ularning O‘zbekiston Milliy arxiviga topshirilishi milliy arxiv fondini boyitish bilan birga, yosh tadqiqotchilar va tarixchilar uchun yangi tadqqiqot eshiklarini ochadi.
Tadbirda Shveysariya elchixonasi vakillari, tarixchilar, arxivchilar, jamoatchilik va hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov, Shveysariya elchisi Konstantin Obolenskiy, Milliy arxiv direktori Dilbar Zokirova hamda Friburg universiteti dotsenti Katya Doze nutq so‘zladilar.
Ekspeditsiya kundaligini taqdim etgan Vladimir Ratsekning qizi Yelena Ratsekning videomurojaati, Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti Oybek Maxmudovning N.L. Korjenevskiyning hayoti va ilmiy faoliyati haqida hamda O‘zbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi M. Isakova Ekspeditsiya kundaligining ilmiy ahamiyati va shaxsiy arxiv fondi to‘g‘risida maʼlumotlar berdi. Friburg universiteti professori Kristin Biksel va O‘zbekiston Milliy universiteti professori Fazliddin Hikmatov ham maʼruzalar bilan qatnashdilar.
Tadbirda ishtirok etgan ilmiy jamoatchilik vakillari N.L. Korjnevskiyning shaxsiyati va ilmiy merosi xususida fikrlarini bildirdi. Shundan so‘ng, ekspeditsiya kundaligi va shaxsiy hujjatlarini rasman arxiv fondtiga topshirish va hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar N.L. Korjenevskiyning ilmiy merosini yangidan kashf etishdi va uning glyatsiologiya va geografiya sohasidagi beqiyos hissasi haqida maʼlumot olishdi.
Bu tarixiy tadbir o‘zbek arxivchiligi va ilmiy jamoatchiligi uchun muhim voqea bo‘lib, Korjnevskiyning ilmiy merosini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazishda katta ahamiyat kasb etadi.