21-oktabr o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.
1989-yil shu kuni o‘zbek tili bo‘yicha qonun va qaror qabul qilindi, shundan so‘ng o‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasida rasmiy til sifatida amalga kiritildi.
1989-yil 21-oktyabr kuni “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi 30 moddadan iborat Qonuni qabul qilingan.
Unda o‘zbek tilida so‘zlashuv va yozuvni mukammallashtirish borasida bepul o‘qitishni ta’milash to‘g‘risida modda ham kiritilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bu qonundan so‘ng O‘zbekiston Oliy Sovetining “O‘zbekiston SSRning davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Bu kabi tarixiy hujjatlar O‘zbekiston Milliy arxivi fondlarida saqlanib kelinmoqda.