22 sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun
"O‘zarxiv" agentligi 22 sentyabr «Xalqaro avtomobilsiz kun» tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqiradi.
Bir kunni avtomobilsiz o‘tkazish fikri 1998 yilda Fransiyada tug‘ildi. O‘shanda bu kunni bor yo‘g‘i 20 tacha shahar nishonladi.
2001 yilga kelib zsa dunyoning 35 mamlakatida mingdan ortiq shaharda nishonlanadigan bo‘ldi.
Bugungi kunda mamlakatlarning juda ko‘pligi faqatgina katta shaharlarda muammo bo‘layotgani yo‘q. Bu muammo yarim asr mobayinida global darajaga yetgan. Avtotransport nafaqat sayyoramiz biosferasini , balki insonga ham ziyon yetkazadi.
Har kuni avtomobildan 3000 dan ortiq odam qurbon bo‘lishi hisoblab chiqilgan. Statistika bo‘yicha har minutda yangi avtomobil ishlab chiqariladi. Shunday bo‘lsada ishlab chiqarish tobora o‘sib bormoqda.
Avtomobil alkogol va tabakadan so‘ng eng ko‘p reklama qilinadigan mahsulotlar ichida 3- o‘rinda turadi. Zamonaviy hayotimizda avtomobildan butunlay voz kechish mumkin emasligini tushungan holda , shahar hokimlari va turli tashkilotlar boshliqlari jamiyatga avtotransport keltirib chiqaradigan muammolarni yilda bir bor bo‘lsa ham eslatib o‘tishadi.
Bu kunda Yevropaning yirik shaharlarida tramvay, trolleybus, avtobus, metro va boshqa jamoat transportlari, jumladan velosiped va yayov yurish foydasiga avtomobildan foydalanishni kamaytirishadi.