22 sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun!
Bugun dunyodagi avtomobil va mototsikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. 1995 yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.
"O‘zarxiv" agentligi "Sog‘lom turmush tarzi"ni doim qo‘llab-quvvatlab keladi.
Sog‘lom turmush tarzi - insonning hayot tarzi. Kishilarning ovqatlanish, jismoniy tayyorgarlik, zararli odatlarni rad etish, ruhiy kayfiyatini yaxshilash va sog‘liqni saqlab qolishga yo‘naltirilgan hayoti faoliyatining Konsepsiyasi!
Bugungi Xalqaro avtomobilsiz kunida "O‘zarxiv" agentligi direktor o‘rinbosarlari, maslahatchilari va xodimlari piyoda hamda velosipedda harakatlandilar.
O‘zbekiston Milliy arxivi ostonasiga velosipedda keladiganlarning velosipedlari uchun maxsus joy tashkil etildi.