24 mart kuni arxiv muassasalari o‘rtasida sport o‘yinlari o‘tkaziladi



21 mart - Navro‘z bayrami doirasida joriy yilning 24 mart kuni Respublika arxiv muassasalari o‘rtasida sport o‘yinlari o‘tkazish rejalashtirildi.

Arxiv xodimlari (erkaklar) o‘rtasida kuch sinashish (armrestling), 400 metrga estofeta shaklida yugurish va futbol sport turlari;

Arxiv xodimlari (xotin-qizlar) o‘rtasida shashka, stol tennis va darts otish sport o‘yinlari o‘tkaziladi.

Sport o‘yinlari g‘oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

 

Agentlik Axborot xizmati