27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Barcha jurnalistlarni, ommaviy axborot vositalari vakillarini, soha faxriylarini kasb bayrami – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan muborakbod etamiz.
Yurtimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida hamda arxiv ishi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlar to‘g‘risida xalqimizni o‘z vaqtida xabardor qilish, odamlar hayotida uchrayotgan masala va muammolarni o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish yo‘lida olib borayotgan ijodiy mehnatlaringizni yuqori baholaymiz.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilangizga omonlik, ijodiy ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat bilan, "O‘zarxiv" agentligi jamoasi