27-iyun — “O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston matbuoti arxiv hujjatlarida” nomli arxiv hujjatlari fotoko‘rgazmasi tashkil etildi.
27-iyun — “O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston matbuoti arxiv hujjatlarida” nomli arxiv hujjatlari fotoko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 26-iyun kuni Toshkent Fotosuratlar uyida ilk marotaba Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekiston matbuoti arxiv hujjatlarida” nomli arxiv hujjatlari fotoko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan 1928-2021-yillarga oid, O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishini aks ettiruvchi 150 dan ortiq fotohujjatlar namoyish etildi. Eksponatlarda OAV haqidagi maʼlumotlar, arxiv hujjatlari, fotomateriallar ilk bor namoyish etilmoqda. Ko‘rgazmada davriy nashrlarning tahririyatlarining ijodiy uchrashuvlari, bosmaxonalarning faoliyati, intervyu va suhbatlar, respublika markaziy va hududiy, mahalliy gazeta, jurnallar hamda teleradio studiyalarining ish jarayonlari, teledastur va eshittirishlar tayyorlash, materiallar ustida ishlash, tasvirga olish va ovoz yozish jarayonlari, OAV xodimlari uchun tashkil etilgan seminarlar, davra suhbatlari, s‘yezd o‘tkazilishi, turli mavzularga bag‘ishlangan matbuot anjumanlari aks etgan. Bundan tashqari, televideniye va radio birinchi suxandonlari, rejissyor va operatorlari, taniqli va xalq suygan boshlovchi va suxandonlari faoliyati yoritilgan.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, O‘zbekiston Axborot agentligi O‘zbekiston milliy arxivlari rahbarlari va xodimlari, vazirlik va idoralar matbuot kotiblari, jurnalistlar, OAV vakillari hamda faxriylari ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.