5 yil stajga ega bo‘lgan arxivchi xodimlarning sirtqi ta’lim qabuliga oid yangilik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi “2019/2020 O‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-4359-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 27 iyuldagi 2-son bayoniga asosan “O‘zarxiv” agentligi iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2021/2022 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishni tashkil etishi mumkinligi belgilangan.
Joriy yilning 16 oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti qabul komissiyasi tomonidan “O‘zarxiv” agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan Agentlik direktorining 2021 yil 18 avgustdagi 130sh-son buyrug‘i bilan tavsiyanomaga ega bo‘lgan talabgorlar uchun sirtqi ta’lim shakliga o‘qish uchun suhbat bo‘lib o‘tdi.
50 nafar xodimga "O‘zarxiv" agentligi direktorining tavsiyanomasi berilgan bo‘lib, suxbatda ishtirok etganlar muvaffaqiyat bilan suxbatdan o‘tdilar. Endilikda ular O‘zbekiston Milliy Universitetida shartnoma asosida ta’lim olish imkoniyatga ega bo‘ladilar.