50 YOShINGIZ MUBORAK!
"O‘zarxiv" agentligi Samarqand viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i MAMANAZAROV ABDUVALI ABLAKULOVIChni muborak yoshlari bilan tabriklaydi! Uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, har qanday boshlagan xayrli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!
Mamanazarov Abduvali Ablakulovich 1970 yil 12 avgustda Samarqand viloyati, Qo‘shrobot tumanida ziyoli oilada tug‘ilgan.Oilada o‘n bir nafar farzand bo‘lib, A.Mamanazarov uchinchi farzand.
Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 1995 yil, Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumot bo‘yicha mutaxassisligi biologiya va kimyo o‘qituvchisi.
Arxiv sohasida 28 yildan buyon mehnat qilib keladi.
1988– 1990 yillarda - Harbiy xizmat o‘tagan
1987– 1993 yillarada Samarqand viloyat loyiha qidiruv kimyolashtirish stansiyasida texnik-analitik vazifasida ishlagan.
1993 – 1997 yillarda Samarqand viloyat davlat arxivi qoshidagi xo‘jalik xisobida ishlovchi arxivchilar guruxi 1-darajali arxivchisi
1997 – 2001 yillarda Samarqand viloyat hokimligi arxiv bo‘limi inspektori
2001 – 2011 yillarda Samarqand viloyat davlat arxivi direktori
2011– 2013 yillarda Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida yetakchi uslubchi
2013 – 2016 yillarda Samarqand viloyat davlat arxivi direktori lavozimlarida ishlagan.
2016 yildan hozirgi vaqtga qadar Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. Oilali to‘rt nafar farzandi bor.
A.Mamanazarov 2016 yil “O‘zbekicton mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan takdirlangan.
Arxiv sohasi rivoji, taraqqiyotiga o‘zining sezilarli hissasini qo‘shgan, “Ustoz-shogird” an’analarini yo‘lga qo‘yishga jonbozlik ko‘rsatib, asosiy ustozlik vazifasini bir necha yillardan buyon ado etib kelayotgan, jamiyatimizda sohaning o‘rni va rolini kuchaytirish, xalqaro aloqalarni o‘rnatilgan tartibda yo‘lga qo‘yish, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi sa’yi harakatlari hamda 50 yoshi munosabatidan "O‘zarxiv" agentligining "FAXRIY YoRLIG‘I" bilan taqdirlandi.
Bugun mazkur faxriy yorlik hamda Agentlik Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Yana bir bor samimiy inson, jonkuyar rahbar Abduvali Ablakulovichni tavallud ayyomlari bilan muborakbod etamiz!