70 YOShINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Rahimbergan Ismailovich Matrasulovning qutlug‘ 70 yosh yubileyi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbir o‘tkazildi. 
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati, Xorazm viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston milliy arxivlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari, arxivchi hamkasblar, Xorazm viloyati faollari ishtirok etdilar.
Tadbirda A.Matrasulovga “O‘zarxiv” agentligi direktori U.YuSUPOV tomonidan “SOHA IFTIXORI” ko‘krak nishoni, esdalik sovg‘alari topshirildi. 
Tadbirda shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek ABDUSALOMOVning, Xorazm viloyati hokimi Farxod ERMANOV, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo BOZOROVning R.Matrasulovga yo‘llagan tabriklari o‘qib eshittirildi.
Onlayn tarzda qatnashgan arxiv ishi sohasi hududiy rahbarlari o‘zlarini samimiy tabriklarini yo‘lladilar.
R.Matrasulov 53 yil mobaynida turli lavozimlarlarda, jumladan rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan, texnika fanlari nomzodi, 4  o‘g‘il, 2 qiz otasi, o‘nlab nevara va chevaralarning suyukli bobojonisi.
Rahimbergan Ismailovich Matrasulovga uzoq umr, sihat-salomatlik, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi mehnatlarida kuch-quvvat tilaymiz.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати