9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya” oyligi doirasida O‘zbekiston Milliy arxivida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya” oyligi doirasida O‘zbekiston Milliy arxivida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati, korrupsiyaga yo‘l ochib beradigan mexanizmlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish orqali inson omilini kamaytirib, adolatli, shaffof tizimni yaratish, poraxo‘rlik, qarindosh-urug‘chilik va tanish-bilishchilikning oldini olish borasida davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi.
– Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi, – deydi "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev – Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.