9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni.

NAVOIY VILOYATI DAVLAT ARXIVI

O‘zbekiston SSR Prezidiumi Oliy Kengashining 1982 yil 20 apreldagi  2247-X- son Farmoni asosida O‘zbekiston SSR Ministrlar Kengashning 1982 yil 3304-son Qarori bilan Navoiy viloyati tashkil etilgan.

O‘zbekiston SSR Prezidiumi Oliy Kengashining 1988 yil 6 sentyabrdagi Farmoni bilan Navoiy viloyati Samarqand viloyatiga qo‘shildi va Navoiy shahri Samarqand viloyati tarkibiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992 yil 27 yanvardagi 535-XII son Qaroriga asosan Navoiy viloyati o‘zining belgilangan ma’muriy chegaralari bilan qayta tashkil etildi.

Navoiy viloyati hokimligining 1993 yil 7 yanvardagi “Navoiy viloyati davlat arxivini tashkil etish to‘risida”gi K-01/3-son Qarori bilan Navoiy viloyati davlat arxivi tashkil etilgan.

2010 yilgacha bo‘lgan davrda o‘zining ma’muriy binosiga ega bo‘lmagan va bu davr mobaynida turli tashkilotlarning banolarida ijarada faoliyat yuritib kelgan.

2010 yilning sentyabr oyida Respublikada birinchi bo‘lib Navoiyda hamma qulayliklarga ega bo‘lgan uch qavatli zamonaviy arxiv binosi qurib foydalanishga topshirilgan.

Bugungi kunda Navoiy viloyati davlat arxivi saqlovida viloyatning fan, ta’lim, madaniyat sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga oid 86 516 saqlov birligidagi hujjatlar mavjud.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati