9-iyun “Xalqaro arxivlar kuni” arafasida Navoiy shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirni “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Mirtalibovich Yusupov ochib berdi.
Tadbir davomida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Ya.Dushanov va Navoiy davlat pedogogika instituti prorektori X.Qurbonovlar so‘zga chiqib soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng arxiv xodimlari “O‘zarxiv” agentligi va viloyat hokimligi “Faxriy yorlig‘i” va “Tashakkurnoma”lari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Ma’lumot uchun: Navoiy shahar  shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi o‘z faoliyatini 1994 yildan  Navoiy shahar  xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari  arxivi sifatida boshlab,  o‘tgan  davr  mobaynida Navoiy shahridagi  239 ta  tashkilotning 51400 saqlov birligidagi  hujjatlari saqlanmoqda.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати