9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni. Bu kunni dunyodagi ko‘pgina davlatlar arxivchilari kasb bayrami sifatida nishonlab kelmoqda.

Joriy yilning 7-iyun kuni Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida bir qator xodimlar sohadagi uzoq yillik mehnati va arxiv ishini rivojlanishiga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi uchun Boshqarma “Faxriy yorlig‘i” va Boshqarma boshlig‘i “Tashakkurnoma”lari bilan taqdirlandilar.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati