“Adabiyot gulshaniga sayr” nomli adabiy kecha

“Adabiyot gulshaniga sayr” nomli adabiy kecha

Joriy yilning 12 fevralida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivida she'riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi, shoh va ulug‘ shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan buyuk siymolarning xalqimiz ma'naviy-madaniy tarixiga, mumtoz adabiyotiga qo‘shgan ulkan xizmatlarini yod etishga bag‘ishlangan “Adabiyot gulshaniga sayr” nomli adabiy kecha tashkil etildi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, jahon e'tirof etgan bobolarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho merosini yodga olish, ma'naviyatimiz asoschilari yaratib ketgan boy ma'naviy merosni tadbiq etish, shoirlarning go‘zal va betakror g‘azal va ruboiylaridan yana bir bor bahramand bo‘lishdir.
Adabiy kechada O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari A.Aliev, Milliy arxiv hodimlari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti talabalari hamda professor, filologiya fanlari doktori Jumaxo‘ja Nusratullo Ataullo o‘g‘li, zamondoshlarimiz orasida ajdodlarimiz izidan borayotgan, ularning nomlarini munosib davomchilaridan bo‘lmish el ardog‘idagi taniqli shoir Bobur Bobomurod, Axad Qayum ishtirok etdilar.


"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati