Adliya JAMOATCHILIKKA HISOBOT beradi!

Nima?
Ochiq muloqot va savol-javob tarzidagi suhbat. 

Maqsad — Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, uning 2022 yildagi faoliyati va istiqboldagi rejalarini keng jamoatchilikka yetkazish,  OAV va jamoatchilik vakillari bilan samarali qayta aloqani mustahkamlashdan iborat.

Adliya vazirligi tomonidan mana to‘rtinchi yildirki, jurnalistlar, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida tizimdagi mavjud muammolar ochiq muhokama qilinadigan uchrashuv o‘tkazib kelinmoqda.

2023 yil ham bundan mustasno emas.  Vazirlik rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tadigan media iventda nafaqat vazirlik faoliyati tahlil qilinadi, balki jamiyatda huquqiy sohadagi asosiy tendensiyalar ham ko‘rib chiqiladi. Jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan  savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga vazirlik bo‘ylab media tur tashkil etiladi.

Qachon?
28 mart, soat 11.00 da

Qayerda?
Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati