Adliya vaziri Akbar Tashkulov Namangan viloyati davlat arxivida boʻldi
Adliya vaziri Akbar Tashkulov Namangan viloyati davlat arxivida boʻldi
Adliya vaziri Namangan viloyatidagi xizmat safari davomida yaqida zamonaviy koʻrinishda qad rostlagan viloyat davlat arxivida boʻlib, aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati, davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni oʻrgandi.
Arxiv xodimlari bilan suhbatda, sohani yanada takomillashtirish, hujjatlarni saqlash va raqamlashtirish jarayonlarni jadallashtirish kerakligini taʼkidlandi.
Shuningdek, ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari talablarining bajarilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.