Adliya vazirligi binosida “Adliya hisobot beradi” nomli media tadbir - matbuot anjumani hamda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Joriy yilning 27-mart kuni Adliya vazirligi binosida “Adliya hisobot beradi” nomli media tadbir - matbuot anjumani hamda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Adliya vazirligi binosida tashkil etilgan tadbirda “O‘zarxiv” agentligi Milliy arxivlarida saqlanayotgan arxiv va fotoarxiv hujjatlar, tarixiy manbalar hamda Adliya tarixiga oid noyob foto va arxiv hujjatlari namoyish etildi.