"AGENTLIK KUBOGI" SPORT MUSOBAQALARI HUDUDIY BOSQIChLARI START OLDI.

Bugun Qashqadaryo viloyatida uchta hududiy jamoa, ya’ni Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo arxiv ishi hududiy boshqarmalari arxivchilari sport musobaqalarida ishtirok etdilar.
Futbol, stol tennisi, yugurish, tosh ko‘tarish, shaxmat kabi bir necha sport turlaridan murosasiz, ammo do‘stona ruhdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. Samarqand viloyati arxivchilari bosh hakam bo‘ldilar.
Agentlik kubogi sport musobaqasi hududiy bosqichida eng ko‘p sovrinli o‘rinni Qashqadaryo viloyati arxivchilar jamoasi qo‘lga kiritdilar va respublika final bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Gap kim g‘olib bo‘lganida emas, asosiysi salomatlik mustahkamlanishi, yon hamkasb qo‘shnilar ziyoratga kelishlari, yaqindan tanishish uchun imkoniyat yaratilishi va mehnat qilish uchun g‘ayrat qo‘shilishida bizningcha.
Hududiy sport musobaqalari davom etadi...


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати