"AGENTLIK KUBOGI" SPORT MUSOBAQALARI HUDUDIY BOSQIChLARI VODIYDA.

Bugun Namangan viloyatida uchta hududiy jamoa, ya’ni Andijon,Namangan va Farg‘ona arxiv ishi hududiy boshqarmalari arxivchilari sport musobaqalarida ishtirok etdilar.
Futbol, stol tennisi, yugurish, tosh ko‘tarish, shaxmat kabi bir necha sport turlaridan murosasiz, ammo do‘stona ruhdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. “O‘zarxiv” agentligi yoshlar ishlari yetakchilari raisi D.Yusupov bosh hakam bo‘ldi.
Agentlik kubogi sport musobaqasi hududiy bosqichida eng ko‘p sovrinli o‘rinni Andijon viloyati arxivchilar jamoasi qo‘lga kiritdilar va respublika final bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Hududiy sport musobaqalari davom etadi...


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати