"AGENTLIK KUBOGI" SPORT MUSOBAQALARI HUDUDIY BOSQIChLARI XORAZMDA.

Bugun Xorazm viloyatida ikkita hududiy jamoa, ya’ni Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxiv ishi hududiy boshqarmalari arxivchilari sport musobaqalarida kuch sinashdilar. 
Futbol, stol tennisi, yugurish, tosh ko‘tarish, shaxmat, shashka kabi bir necha sport turlaridan murosasiz, ammo do‘stona ruhdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. Buxoro viloyati Qorako‘l tuman davlat arxivi fond saqlovchisi A.Boltayev bosh hakam bo‘ldi.
Agentlik kubogi sport musobaqasi hududiy bosqichida eng ko‘p sovrinli o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxivchilar  jamoasi qo‘lga kiritdilar va respublika final bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Sport musobaqasining hududiy bosqichlari davom etadi...


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати