“Agentlik kubogi” sport musobaqasi 2021
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-son, 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-6099-son Farmonlari ijrosini ta’minlash, “Navro‘z” umumxalq bayramida milliy urf-odatlarimiz, asriy an’analarimizni yod etgan holda, Respublika arxivlarida arxivchi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlash maqsadida joriy yilning 26 mart kuni “Agentlik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.
Mazkur musobaqalarning hududiy bosqichlari 6 ta viloyatda joriy yilning fevral-mart oylarida bosqichma-bosqich o‘tkazildi. Viloyat bosqichlaridan avval bu yil barcha arxiv xodimlari o‘z xududlarida belgilangan sport turlari bo‘yicha kuch sinashdi. Ko‘rinib turibdiki, bu musobaqalarda barcha davlat arxivlari, ularning xodimlari to‘liq qamrab olingan. Avvalgi yillari faqat viloyatlarda tashkil etilgan tadbirlar bu yilda tuman va mahallalargacha tushib bordi. Eng ko‘p sovrinli o‘rin olgan arxivchi-sportchilar, ularning jamoalari Toshkent shahri: “DINAMO” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida o‘tkazilgan respublika final bosqichiga yetib keldilar.
Final bosqichiga yetib kelgan jamoalar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi hududiy boshqarmasi jamoasi;
Andijon Arxiv ishi hududiy boshqarmasi jamoasi;
Jizzax viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi jamoasi;
Toshkent viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi jamoasi;
Qashqadaryo viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi jamoasi;
O‘zbekiston Milliy arxivi jamoasi.
Sport musobaqalari quyidagi sport turlari bo‘yicha tashkil etildi:
Erkaklar o‘rtasida 200 metrga estafeta yugurish; tosh ko‘tarish, stol tennisi va minifutbol.
Ayollar o‘rtasida 100 metrga estafeta yugurish, shahmat-shashka va stol tennisi.
Barcha soha xodimlari kabi arxivchi-xodimlar ham zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotga aylantirish maqsadida yana bir qadam olg‘a tashladilar.
Murosasiz, ammo do‘stona muhitda o‘tgan mazkur sport tadbirlarida hududlardan kelgan arxivchilar nafaqat sog‘liklarini tiklashga, balki arxivchilar o‘rtasida hamkorlik, do‘stlik, mehr-ofibat rishtalarini mustahkamlanishiga xissa qo‘shdilar.
Umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Toshkent viloyati, 2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 3-o‘rinni Andijon viloyati arxivchilar jamoalari egalladilar.
Sport musobaqalari g‘oliblari I, II, III darajali diplom, medallar va sovg‘alari bilan hududiy musobaqalar g‘oliblari Agentlik direktorining “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlandilar.
Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati, arxivchi xodimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.