Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2024-yil 28-iyun holatiga koʻra)
Murojaatlar boʻyicha:
2024-yil 28-iyun holatiga jami 672 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 27 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:
Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 511 ta murojaatlardan 492 ta ijrosi bajarilganligi, 19 tasi bajarish jarayonidaligi, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emasligi;
“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 22 ta murojaatlardan 21 ijrosi bajarilganligi, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emasligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 41 ta murojaatlardan, 40 ta ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 6 ta murojaatlardan, 6 tasi ijrosi bajarilganligi, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 4 ta murojaatlardan, 4 ta ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2024-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 28-iyun holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 11 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 88 nafar (6 tasi bajarish jarayonida) fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;
“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan iyul oyida Surxondaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilganligi;
my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar 2024-yil 28-iyun holatiga jami soʻrovlar soni – 21 320 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash – 287 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar – 3 940 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 3 916 ta, mavzuli soʻrovlar – 3 861ta, oʻqiganlikni tasdiqlash – 1 738 ta, Elektron nusxa olish-26 ta, oylik maoshni tasdiqlash – 7 552 tani tashkil etadi.
“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 3 453 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 3 106 tasi ijroga qaratilgan, 347 ta bajarish jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:
Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2024-yil may oyida “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Qozogʻiston Respublikasidan boʻlgan 3 ta tadqiqotchilarga Oʻzbekiston Milliy arxivi oʻquv zaliga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.
Shveysariyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy va “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov bilan 2024-yil 3-iyunda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida “O‘zarxiv” agentligi va Shveysariya arxivlari o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Boshqirdiston Respublikasi Milliy arxivi direktori v.b. G.Xayritdinov va Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova oʻrtasida 2024-yil 3-iyunda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida Oʻzbekiston Milliy arxivi faoliyati toʻgʻrisida ma’lumotlar bayon qilindi.
2024-yil 4-7-iyun kunlari “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosari Sh.Sadikov boshchiligidagi delegatsiya (jami 9 kishi) Qozog‘iston Respublikasi Chimkent va Turkiston shaharlarida xizmat safarida bo‘ldi. Tashrif chogʻida “Qozogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi arxiv kunlari” tadbirlarida, xususan, Oʻzbekiston-Qozogʻiston foto-hujjatli koʻrgazmalari, “Oʻzbekiston-Qozogʻiston tarixini tadqiq etish dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani hamda “Oʻzbekiston-Qozogʻiston: ikki davlat oʻrtasida arxiv sohasini rivojlanish jihatlari” mavzusidagi davra suhbatida faol ishtirok etildi, hujjatli ko‘rgazmalar koʻzdan kechirildi, ochiq muhokamalarda ishtirok etildi, Oʻzbekiston-Qozogʻiston arxiv sohasini rivojlantirishning keyingi istiqbollari muhokama qilindi. Qozogʻiston arxivlari saqlovidagi Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga oid 280 ta kadr arxiv hujjatlari elektron nusxalari yurtimizga olib kelindi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining topshirigʻiga koʻra, “O‘zbekiston Milliy arxivining yangi binosini qurish” loyihasi doirasidagi grant mablag‘larini jalb qilish masalasini jadallashtirish maqsadida Adliya vaziri A.Tashkulov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosari Sh.Sadikov va “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi direktori M.Rihsiboyev 2024-yil 9-12-iyun kunlari BAAda xizmat safarida bo‘ldi. Adliya vaziri A.Tashkulov va BAA Milliy kutubxonasi va arxivi bosh direktori Abdulla Majid Al Ali o‘rtasidagi ikki tomonlama uchrashuv bayoni 12-iyunda imzolandi.
Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivining “VI Пермские научно-образовательные чтения “История Императорского Дома Романовых” doirasida o‘tkaziladigan “Царствование Императора Всероссийского Александра I Благословенного и эпоха Первой Отечественной войны. К 200-летию посещения Перми Императором Александром I” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etish maqsadida O‘zbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimlari M.Isakova va N.Mirzayev 2024-yil 9-15-iyun Rossiya Federatsiyasi Perm shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Tashrifda ilmiy tadbirlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etildi, arxiv ishi va tegishli soha mutaxassislari bilan tajriba almashildi, Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivida mazkur arxiv faoliyati va u yerda saqlanayotagan O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid hujjatlar bilan tanishildi hamda 1912-yilda Turkistonga kelgan V.Nikitinning shaxsiy arxiv jamgʻarmasidan 150 ta foto nusxalari va 1 ta kundalikning asl nusxasi yurtimizga olib kelindi.
“Raqamli transformatsiya sharoitida arxivlarni jamlashning dolzarb masalalari” mavzusida an’anaviy oʻtkaziladigan MDH davlatlari “Yosh arxivchilar yozgi maktabi” VII malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun 2024-yil 11-iyundan 14-iyungacha “Oʻzarxiv” agentligi delegatsiyasi (jami 5 kishi) Qozog‘iston Respublikasi Olma-Ota shahrida xizmat safarida bo‘ldi.
2024-yil 14-iyunda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga asos solinganligiga 23-yil to‘lganligi munosabati bilan “Oʻzarxiv” agentligi Xalqaro aloqalar bosh mutaxassisi Dilrabo Dadayeva O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazining “XALQ DIPLOMATI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Butunrossiya Hujjatlar va arxiv ishlari ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD) taklifiga binoan, 2024-yil 25-iyun kuni “Oʻzarxiv” agentligi Axborot texnologiyalari va arxiv xizmatlarini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi A.Turapov “O‘zbekistonda arxiv xizmatlarini raqamlashtirish. Muammolar va yechimlar” mavzusidagi ma’ruzasi bilan “MDHga a’zo davlatlarning arxiv ishlarini tashkil etish va arxiv muassasalarini boshqarish tizimi” mavzusidagi onlayn davra suhbatida ishtirok etdi.