Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2022-yil 1-yarim yilligi (24-iyun) holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2022-yil 24-iyun holatiga jami 478 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 14 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:

Agentlik rahbariyati tomonidan 24-iyun holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 11 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 75 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 277 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 10 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Agentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 106 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 4 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi ijrosi bajarilgan, jarayonda va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Agentlik idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan murojaatlarning 4 tasi bajarilgan, jarayonda va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

 

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq
va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2022-yil boshidan buyon Agentlikka Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston Respublkasi, Qirgʻiz Respublikasi, Polsha Respublikasi, Avstriya, Isroil Davlati, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada kabi xorijiy mamlakatlar fuqarolaridan (foydalanuvchilar) 20 dan ortiq murojaat Tashqi ishlar vazirligi orqali hamda toʻgʻridan-toʻgʻri Agentlikka kelib tushgan. 2022-yil 1-yarim yilligida 13 ta xorijiy foydalanuvchilar davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishib, u yerdagi arxiv materiallaridan oʻrnatilgan tartibda foydalanishgan.

2022-yil 1-yarim yilligi mobaynida quyidagi xalqaro konferensiya
va seminarlarda ishtirok etildi
:

1. “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati tashkilotchiligida 2022-yil
20-yanvarda onlayn formatda “Strategiya razvitiya novogo Uzbekistana na 2022-2026 godы: Novыe grani mejdunarodnogo sotrudnichestva v obrazovaniya, nauki
i kulturы dlya duxovnogo prosvetaniya novogo pokoleniya” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi;

2. SmartManagement ITC kompaniyasi tashkilotchiligida 2022-yil 31-martda onlayn vebinar formatida “Mejdunarodnыy standart ISO 9001 instrument razvitiya gosudarstva i obщestva” mavzusidagi Xalqaro vebinarda ishtirok etildi;

3. Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi tashkilotchiligida 2022-yil 12-aprelda Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida “Sivilizatsiyalararo muloqot - xalq diplomatiyasi rivojining muhim omili” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etildi;

4. Rossiya davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi tashkilotchiligida 2022-yil 14-15-aprel kunlari onlayn formatda “KLIO-2022: Novыe Gosudarstva v XX veke. K 100-letiyu obrazovaniya SSSR” mavzusidagi XII Xalqaro konferensiyada ishtirok etildi;

5. Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi tashkilotchiligida 2022-yil 11-mayda Toshkentdagi International mehmonxonasida “SHHT Xalq diplomatiyasi forumi” xalqaro forumda ishtirok etildi;

6. “Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyati tashkilotchiligida 2022-yil
17-mayda onlayn formatda “Ot Strategii deystviy — k Strategii razvitiya: sovershenstvovaniye obrazovaniya, nauki i kulturы vo imya duxovnogo prosvetaniya molodogo pokoleniya” III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi;

7. A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi tashkilotchiligida 2022-yil 25-27-may kunlari Andijon shahrida “Central Asia-2022: Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XV Xalqaro konferensiyasida ishtirok etildi;

8. Xalqaro arxivlar kengashi tashkilotchiligida joriy yil 6-10-iyun kunlari onlayn formatda vebinarlar seriyasidan iborat #ArchivesAreYou shiori ostida oʻtkazilgan #IAW2022 – toʻrtinchi xalqaro arxivlar haftaligida ishtirok etildi;

9. Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivi tashkilotchiligida “V Yosh arxivchilar yozgi maktabi” malaka oshirish dasturi bu yil 15-17-iyun kunlari “Raqamli transformatsiya sharoitida milliy arxiv qonunchiligi” mavzusida onlayn va oflayn formatda ishtirok etildi.

2022-yil 1-yarim yilligi mobaynida quyidagi ikki tomonlama mahalliy va xalqaro hamkorlik hujjatlari imzolandi:

1. 2022-yil 24-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi;

2. Isroil Davlatida 2022-yil 6-aprelda “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum” imzolandi;

3. 2022-yil 21-22-iyun kunlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti I.Aliyevni Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida 20-iyun kuni oʻtkazilgan “Oʻzbek-Ozarbayjon biznes-forumi”da “Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim” imzolandi.