Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2022-yil 28-iyul holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2022-yil 28-iyul holatiga jami 582 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 25 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:

“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 28-iyul holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 14 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 89 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 332  ta murojaatlar ijrosi bajarilganligi, 10 tasi bajarish jarayonidaligi, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 130 ta murojaatlar ijrosi bajarilganligi, 13 tasi bajarish jarayonidaligi, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan
murojaatlarning 2  tasi ijrosi bajarilganligi, 1 tasi bajarish jarayonidaligi, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan murojaatlarning 4 tasi bajarilganligi, 1 tasi bajarish jarayonidaligi, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2022-yil iyul oyida Agentlikka Qozogʻiston Respublkasi, Qirgʻiz Respublikasi, AQSH, Fransiya, kabi xorijiy mamlakatlar tashkilotlaridan 5 ta murojaat Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgan boʻlib, unga koʻra 29 ta xorijiy tadqiqotchilarga davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻiga muvofiq, joriy yilning
13-16-iyul kunlari “Oʻzarxiv” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiyaning Qozogʻiston Respublikasi Olma-Ota shahriga xizmat safari amalga oshirildi. Xizmat safari doirasida MDH davlat arxiv idoralari Maslahat kengashining navbatdagi
18-yigʻilishida ishtirok etilgan
hamda Qozogʻiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Kinofoto hujjatlari va ovoz yozish Markaziy davlat arxivi, Ilmiy-texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti arxivi kabi bir qator tashkilotlarga ishchi tashriflar amalga oshirilgan boʻlib, u yerlardagi ish tajribalari oʻrganilgan.

Joriy yilning 5-6-aprel kunlari “Oʻzarxiv” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiyaning Isroil Davlatiga xizmat safari doirasida Al-Aqso masjidi kutubxonasi saqlovidagi Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyning nodir qoʻlyozmalari aniqlangan boʻlib, ushbu kutubxona saqlovidagi mavjud qoʻlyozmalar (kitoblar)ning elektron nusxalari iyul oyida “Oʻzarxiv” agentligiga taqdim etildi. Jami 53 ta qoʻlyozmalar elektron nusxalari Oʻzbekiston Milliy arxivi davlat saqloviga oʻrnatilgan tartibda qabul qilib olingan.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati