Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2022-yil 30-avgust holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2022-yil 30-avgust holatiga jami 690 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 27 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 21-iyundagi 08/12-19-23-son bilan tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2022-yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan 30-avgust holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 17 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 114 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 393 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 16 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Agentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 147 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 10 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan murojaatlarning 3 tasi ijrosi bajarilgan, jarayonda va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Agentlik idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan murojaatlarning 6 tasi bajarilgan, 1 tasi  bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Sentyabr oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Namangan viloyati tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2022-yil avgust oyida Agentlikka Xitoy, AQSH, Fransiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikiston respublikalari kabi xorijiy mamlakatlar tashkilotlaridan 8 ta murojaat Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgan boʻlib, unga koʻra 5 ta xorijiy tadqiqotchilarga davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining taklifiga koʻra Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi binosida joriy yilning 23-avgust kuni “Xalq diplomatiyasi xalqaro terrorizmga qarshi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etildi.

“Oʻzbekiston-Isroil” doʻstlik jamiyatining taklifiga koʻra joriy yilning 15-avgust kuni videokonferens-aloqa shaklida “Innovatsion akademik liderlikning yangi erasi” mavzusidagi xalqaro anjumanga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokamasi yuzasidan ishchi uchrashuvda ishtirok edildi.

MDH mamlakatlari-davlat arxiv idoralari rahbarlari Maslahat Kengashining 18-yigʻilishi Bayonnomasi ijrosini taʼminlash yuzasidan maʼlumotlar joriy yil 17-avgustda hamda arxiv ishini rivojlantirish boʻyicha statistik koʻrsatkichlar jamlangan maʼlumotnoma 26 avgustda Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD)ga oʻrnatilgan tartibda taqdim etildi.

2022-yil 23-avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Farmonini (https://president.az/az/articles/view/56999) imzoladi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati