Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2022-yil 30-may holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

Agentlik rahbariyati tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilib, qabul kunlari
va vaqtlari koʻpaytirildi hamda qayta tasdiqlandi, shuningdek Agentlik rasmiy veb-saytiga joylashtirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni” (Call-center), “Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali va toʻgʻridan toʻgʻri jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushgan murojaatlari 2022-yil 30-may holatiga jami
335 tani tashkil etmoqda, shundan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasidan 245 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasidan kelib tushmagan, Agentlikka toʻgʻridan toʻgʻri yozma 85 ta, idoraviy aloqa markazidan (ishonch telefoni) 4 ta, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni” (Call-center)dan 1 ta, shundan 319 ta murojaatlar ijrosi bajarilib, 16 ta murojaatlar ijrosi bajarilmoqda.

Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 1469 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilgan, shundan 704 ta murojaat qanoatlantirilgan, 584 tasiga tushuntirish berilgan va hozirda ijrosi bajarilayotgan murojaatlar soni 63 tani tashkil etmoqda. Agentlik
va uning tizimidagi arxivlarga kelib tushgan murojaatlarning deyarli barchasi ijtimoiy huquqiy mazmundagi, yaʼni fuqarolarning mehnat staji va ish haqini tasdiqlash toʻgʻrisida arxiv maʼlumotnomalarini olish boʻyicha soʻrovlardan iborat.

Murojaatlarni oʻz vaqtida bajarilishi, shaxsiy va sayyor qabullarni oʻtkazilishini shaxsan nazorat qilib borish va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan rahbar, xodimlarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish yuzasidan Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarida 28-aprel kuniga qadar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda kamchilik hamda huquqbuzarlikka yoʻl qoʻyganliklari uchun 2 nafar rahbar va masʼul xodimlarga jiddiy ogoxlantirish berilib, 6 nafar rahbar va masʼul xodimlar intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4895-son qarori ilovalari bilan tasdiqlangan vakolatli organlar roʻyxatlaridagi
9-bandiga asosan Agentlik tomonidan “Arxiv maʼlumotnomalari va boshqa arxiv hujjatlari haqida maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish
va koʻrib chiqish” vazifasi ijrosini taʼminlash boʻyicha 2022-yil I chorak holati yuzasidan Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga chorak hisobotlari taqdim etilgan. Qarordagi Konvensiyalar mazmun-mohiyati jihatidan MDHga aʼzo mamlakatlardan, jumladan Rossiya Federatsiyasidan arxiv maʼlumotnomalari va boshqa arxiv hujjatlari haqida maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligiga kelib tushgan soʻrovlar soni 2022-yil
I choragida jami 19 tani tashkil etgan boʻlib, bulardan: bevosita arxivlarga bogʻliq boʻlgan ijobiy hal etilgan soʻrovlar soni – jami 5 ta; tushuntirish berilgan soʻrovlar (arxiv maʼlumotnomalari aniqlanmaganligi yoxud qisman aniqlanganligi toʻgʻrisida) soni – jami 5 ta; boshqa davlat organlariga tegishli masalalar yuzasidan yoʻnaltirilgan soʻrovlar soni – 9 tani tashkil etgan.

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Agentlik va AQSH Xolokost yodgorlik muzeyi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma asosida AQSH Xolokost muzeyi bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021-yil 14-yanvarda ikki tomonlama imzolangan Texnik bitim doirasida va Agentlikning 2021-yil 9-fevraldagi 39-son buyrugʻiga asosan 2021-yil uchun tanlangan arxiv materiallari roʻyxati va ushbu roʻyxat asosida arxiv materiallarining raqamli nusxalari tayyorlanib, AQSH Xolokost yodgorlik muzeyiga diplomatik kanallar orqali taqdim etilgan.

UNESCO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining 2022-2023-yillar uchun UNESCO Qatnashuv dasturi doirasida moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha takliflar qabul qilish jarayoni boshlanganligi munosabati bilan “ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish, nashrlarni chop etish, uskunalarni sotib olish (faqat ruxsat etilgan uskunalar)
va oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazish” kabi yoʻnalishlardan birini yoxud bir nechtasini qamrab olgan hamda 26 ming AQSH dollari miqdoridan oshmaydigan Oʻzbekiston milliy arxivlarining loyihalari shakllantirilib, Milliy komissiyaga taqdim etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxati”ning 55-bandiga asosan Xalqaro arxivlar kengashiga 2022-yil uchun aʼzolik toʻlovi badali amalga oshirilgan.

2022-yil 14-16-fevral kunlari Koreya Respublikasi Milliy arxivi tomonidan Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri oʻrinbosari boshchiligida mazkur Milliy arxiv delegatsiyasining Oʻzbekistonga xizmat tashrifi amalga oshirilgan. Jumladan, 15-fevral kuni Agentlik direktori U.Yusupov hamda janob Ko Kyu Chang boshchiligida Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi departament direktori Yom Xyun Suk xonim
va Koreya Milliy arxivi direktori katta oʻrinbosari Li Gem Ma xonim oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilgan. Arxiv sohasida olib borilayotgan ilgʻor amaliyot bilan oʻrtoqlashish va bu boradagi samarali tajribalar bilan tanishish maqsadida 2022-yilning 16-fevral kuni Toshkent shahridagi Inxa universitetida Koreya Milliy arxivi direktori katta oʻrinbosari Li Gem Ma xonim ishtirokida “Arxiv tizimini raqamlashtirish bosqichlari” mavzusida seminar oʻtkazilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchixonasining tashabbusi bilan Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining istiqbollarini inobatga olgan holda 2022-yil 4-7-aprel kunlari Agentlik direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya vakillarining Isroil Davlatiga xizmat safari amalga oshirilgan. Tashrif davomida “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi va Yahudiy xalqi tarixini oʻrganish Markaziy arxivi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda yahudiylar xayoti: tarixiy davrlar kesimida” mavzusidagi davra suhbati va koʻrgazma tashkil etilgan. Bundan tashqari, delegatsiya vakillari Isroil Milliy kutubxonasi arxivi saqlovxonasi va Isroil davlat arxivi faoliyati, shuningdek, Isroil Davlati “Yad Vashem” xotira majmuasi, jumladan, muzey va arxiviga tashrif uyushtirilgan boʻlib, arxiv direktori Masha Pollak-Rozenberg boshchiligida arxiv faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlingan. Tashrif doirasida 2022-yil
6-aprelda Agentlik va Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolangan.

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq
va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2022-yil boshidan buyon Agentlikka Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston Respublkasi, Qirgʻiz Respublikasi, Polsha Respublikasi, Avstriya, Isroil Davlati, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada kabi xorijiy mamlakatlar fuqarolaridan (foydalanuvchilar) 20 dan ortiq murojaat Tashqi ishlar vazirligi orqali hamda toʻgʻridan-toʻgʻri Agentlikka kelib tushgan. 9 ta xorijiy foydalanuvchilar davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishib, u yerdagi arxiv materiallaridan oʻrnatilgan tartibda foydalanishgan.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati