Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2022-yil 30-noyabr holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2022-yil 30-noyabr holatiga jami 945 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 12 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 21-iyundagi 08/12-19-23-son bilan tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2022-yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan 30-noyabr holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 22 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 143 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 590 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 9 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Agentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 188 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 3 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan murojaatlarning 3 tasi ijrosi bajarilgan, jarayonda va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Agentlik idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan murojaatlarning 9 tasi bajarilganligi, jarayonda, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Dekabr oyida Andijon, Sirdaryo, Toshkent  viloyati tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2022-yil noyabr oyida Agentlik tomonidan Qirgʻiziston, Rossiya Federatsiyasi va AQSH kabi xorijiy mamlakatlar tashkilotlarining 5 ta tadqiqotchilariga davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

Joriy yilning 3-noyabr kuni Bishkek shahrida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻiziston Respublikasiga boʻlajak davlat tashrifiga sifatli tayyorgarlik koʻrish jarayonlari muhokama qilingan boʻlib, mazkur muzokaralar yakunida bir qator muhim hujjatlar imzolandi. Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Qirgʻiziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum” ham imzolangan boʻlib, endilikda Ishtirokchilar ushbu hujjatga muvofiq oʻz davlatlari qonunchiligiga binoan tenglik va oʻzaro manfaat asosida arxiv ishi sohasida oʻz vakolatlari doirasida hamkorlikni rivojlantiradilar.

Minsk va Kishinyov Konvensiyalari doirasida joriy yilning 23-noyabr kuni oʻtkazilgan MDHga aʼzo mamlakatlar adliya organlari va konsullik xizmatlari qoʻshma yigʻilishida videokonferens-aloqa rejimida “Oʻzarxiv” agentligidan direktor oʻrinbosari X.Isayev va Xalqaro munosabatlar boʻlimi boshligʻi D.Dadayeva ishtirok etdilar.

2022-yil 23-noyabrda Rossiya Federatsiyasining Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi hamda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Oʻzbekiston Milliy arxivi, Toshkent shahar AIHB, Oʻzbekiston FA Tarix instituti va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan rossiyalik hamkasblar tomonidan chop etilgan “Podvig rabochix kolonn” (“Mehnat koloniyalari jasorati”) nomli toʻplam-kitobning taqdimoti onlayn shaklda boʻlib oʻtdi. Mazkur toʻplam-kitobda Ikkinchi jahon urushi davrida Molotov oblasti (hozirgi Perm guberniyasi)ga safarbar qilingan mehnat koloniyalari, jumladan, Oʻzbekiston hududidan majburiy mehnatga safarbar qilingan vatandoshlarimiz tarixi keng yoritilgan.

Joriy yil 24-noyabr kuni Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tomonidan tashkillashtirilgan “Pamyatniki sogdiyskoy pismennosti” (“Soʻgʻd yozuvi yodgorliklari”) koʻp millatli nomzodnomasini YUNESKO “Jahon xotirasi” xalqaro reestriga kiritish ishlarini amalga oshirish boʻyicha vebinarda “Oʻzarxiv” agentligidan direktor oʻrinbosari X.Isayev, Xalqaro munosabatlar boʻlimi boshligʻi D.Dadayeva, Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimlari M.Isakova va Z.Xasanova ishtirok etdilar.

YUNESKO Osiyo va Tinch okeani mintaqasi boʻyicha “Jahon xotirasi” qoʻmitasi (MOWCAP) hamda Koreya tadqiqotlari instituti rasmiy takliflariga muvofiq, 2022-yil 24-26-noyabr kunlari Koreya Respublikasi Andong shahrida oʻtkazilgan MOWCAP 9-Yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi “Jahon xotirasi” milliy qoʻmitasi nomidan “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov ishtirok etdi. Xususan, MoW dasturi boʻyicha Xalqaro simpozium ochilishida, Koreya tadqiqotlari institutida MOWCAP kotibiyatining ochilish marosimida hamda mazkur institutning Konfutsiy madaniyati muzeyida hujjatlarni saqlash texnologiyasi boʻyicha tajriba almashish jarayonlarida ishtirok etildi. Xalqaro simpoziumda Oʻzbekiston Respublikasi “Jahon xotirasi” milliy qoʻmitasi nomidan nutq soʻzladi.


Manba : Xalqaro munosabatlar bo`limi