Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2022-yil 30-sentabr holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2022-yil 30-sentabr holatiga jami 794 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 24 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 21-iyundagi 08/12-19-23-son bilan tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2022-yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan 30-sentabr holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 18 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 124 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 459 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 14 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Agentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 177 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 9 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan murojaatlarning 3 tasi ijrosi bajarilgan, jarayonda va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Agentlik idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan murojaatlarning 7 tasi bajarilgan, 1 tasi  bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Sentabr oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Samarqand, Buxoro viloyati tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2022-yil sentabr oyida Agentlikka AQSH, Germaniya, Shveysariya, Niderlandiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikiston respublikalari kabi xorijiy mamlakatlar tashkilotlaridan 9 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, unga koʻra 3 ta xorijiy tadqiqotchilarga davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan, qolgan murojaatlar koʻrib chiqish jarayonida.

Joriy yilning 5-11-sentabr kunlari Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori A.V.Maxkamov Buxoro va Samarqand shahrida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston-Isroil birinchi akademik forumi”da ishtirok etib keldi.

Chelyabinsk arxiv xizmati tomonidan joriy yilning 22-23-sentabr kunlari onlayn formatda boʻlib oʻtgan “Arxiv jamiyatda – jamiyat arxivda” mavzusidagi V Umumrossiya ilmiy-amaliy konferensiyasida Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi Sh.A.Abduraximova ishtirok etdi.

Kareliya Respublikasi Milliy arxivi tomonidan joriy yilning 22-23-sentabr kunlari onlayn formatda boʻlib oʻtgan “Arxivlar va geneologiya” mavzusidagi V Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimlari M.S.Isakova va Z.Z.Xasanovalar ishtirok etdilar.

Koreya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasining taklifiga koʻra joriy yilning 23-sentabr kuni boʻlib oʻtgan “Koreya Respublikasining tashkil topgan kuni” munosabati hamda Oʻzbekiston-Koreya diplomatik munosabatlarini oʻrnatilganligining 30 yilligi yuzasidan bayram tadbirida “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosari X.N.Isayev va Xalqaro munosabatlar boʻlimi boshligʻi D.S.Dadayevalar ishtirok etdilar.

Oʻzbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan joriy yilning 29-sentabr kuni boʻlib oʻtgan “SHHT doirasida madaniy-gumanitar hamkorligi vektorlari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M.Yusupov va Xalqaro munosabatlar boʻlimi boshligʻi D.S.Dadayevalar ishtirok etdilar. Mazkur konferensiya yakunida “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M.Yusupov taqdirlandi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati