Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2022-yil 31-oktabr holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2022-yil 31-oktabr holatiga jami 865 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 19 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 21-iyundagi 08/12-19-23-son bilan tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2022-yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan 31-oktyabr holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 20 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 134 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 517 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 15 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Agentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 185 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 2 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan murojaatlarning 3 tasi ijrosi bajarilgan, jarayonda va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Agentlik idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan murojaatlarning 7 tasi bajarilgan, 2 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Noyabr oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Andijon  viloyati tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2022-yil oktabr oyida Agentlik tomonidan Niderlandiya, Qozogʻiston, AQSH, Buyuk Britaniya, Tojikiston respublikalari kabi xorijiy mamlakatlar tashkilotlarining 7 ta tadqiqotchilariga davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

Oʻzbekiston Respubliksi va Polsha Respublikasi oʻrtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida 2022-yil 4-oktabr kuni Polsha Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi boshchiligidagi Polsha delegatsiyasining “Oʻzarxiv” agentligiga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Polsha Respublikasi Milliy xotira instituti oʻrtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumi” imzolandi.

Joriy yil 7-oktabr kuni Belarus Respublikasi Minsk shahrida “Tarixda arxivlar – arxivlar tarixda” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Belarus Respublikasi Adliya vazirligi Arxivlar va ish yuritish departamenti oʻrtasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolandi.

Joriy yil 12-13-oktabr kunlari onlayn formatda Sankt-Peterburg adabiyot va sanʼat Markaziy davlat arxivi tomonidan oʻtkazilgan “Shaxsiy fondlarda rasmli hujjatlar bilan ishlash: jamlash, saqlash, ilmiy tavsiflash va foydalanish xususiyatlari” mavzusidagi Xalqaro seminarda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori A.Mahkamov oʻz taqdimoti bilan ishtirok etdi.

“Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivi” Respublika davlat muassasasining taklifiga muvofiq, “Ochiq jamiyatga – ochiq arxiv” I Xalqaro Arxivchilar Kongressi joriy yil 19-21-oktabr kunlari Olma-Ota shahrida oʻtkazilganligi munosabati bilan Agentlik direktori oʻrinbosari X.Isayev boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Joriy yilning 27-28-oktabr kunlari Agentlik va tizimdagi davlat arxivlari mutaxassislari Umumrossiya hujjatlashtirish va arxiv ishi ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD) tomonidan oʻtkazilgan “Axborot jamiyatida hujjatlashtirish: raqamli asr merosini shakllantirish va saqlash” mavzusidagi XXIX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada onlayn formatda Agentlik Axborot xizmati rahbari A.Aliyev hamda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi xodimi D.Kim maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati