Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2023 yil 28-aprel holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2023-yil 28-aprel holatiga jami 305 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 14 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjud, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 234 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 17 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 23 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 3 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 2 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 6 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 22-dekabrdagi 08/50-129-son bilan tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2023-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 2 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 19 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;

Agentlik rahbariyati tomonidan aprel oyida Namangan, Fargʻona, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro, Jizzax, Navoiy viloyatlari tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan;

“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 5 674 ta (yangi kelgan soʻrovlar soni 417 ta) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 5 504 tasi ijroga qaratilgan, 170 tasi bajarish (tizimga kiritish) jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.

 

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2023-yil aprel oyida Agentlik tomonidan Qirgʻiz Respublikasi, Polsha, Rossiya Federatsiyasi tashkilotlaridan murojaatlar kelib tushgan hamda Qirgʻiz Respublikasining 6 ta, Rossiya Federatsiyasining 2 ta, Germaniya Federativ Respublikasining 1 ta, AQShning 1 ta tadqiqotchilariga davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

Oʻzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining taklifiga koʻra, joriy yilning 14-aprel kuni oʻtkazilgan “Xalq diplomatiyasi Markaziy Osiyo hududida tinchlik, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlashning muhim omili” mavzusidagi mintaqaviy konferensiyada “Oʻzarxiv” agentligidan D.Dadayeva – “Oʻzarxiv” agentligi Hujjatlardan foydalanish va xorijiy tadqiqotchilar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis va A.Maxkamov – Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori ishtirok etdilar.

Rossiya davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi tomonidan joriy yilning 13-14-aprel kunlari oʻtkazilgan Yosh olimlar va mutaxassislar XIII Xalqaro konferensiyasi “CLIO-2023”da onlayn formatda Oʻzbekiston Milliy arxivi ilmiy xodimi Sh.Abdurahimova oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 196-son “Fransiya va Italiya davlatlari bilan Madaniy meros sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida” bayoni 1-ilovasining 8-bandi ijrosini ta’minlash “Fransiya Madaniyat vazirligi va Davlat arxivi bilan hamkorlikda Fransiyadagi Oʻzbekistonga oid madaniy boyliklarini oʻrganish boʻyicha ilmiy onlayn-seminarini tashkil etish” maqsadida Madaniy meros agentligi tashabbusiga koʻra, joriy yilning 20-aprel kuni tashkillashtirilgan onlayn-seminarda “Oʻzarxiv” agentligidan D.Dadayeva - Hujjatlardan foydalanish va xorijiy tadqiqotchilar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis, D.Zakirova - Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori, M.Isakova - Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi, A.Maxkamov - Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori oʻz nutqlari bilan ishtirok etdilar.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Manbashunoslik va arxivshunoslik” kafedrasi tomonidan joriy yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan “O‘zbekistonda raqamli arxivlar: yutuqlar va muammolari” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov tabrik soʻzi, Axborot xizmati bosh mutaxassisi A.Aliyev oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Oʻzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, “Oʻzarxiv” agentligi va “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamkorligida joriy yil 27-aprelda “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘tkazilgan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk Gʻalabaning 78 yilligi munosabati bilan “Koʻp millatli O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida koʻrsatgan beqiyos jasorati: tarix, talqin, texnologiya” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada “Oʻzarxiv” agentligi direktori oʻrinbosari Sh.Sadikov kirish soʻzi bilan, Hujjatlardan foydalanish va xorijiy tadqiqotchilar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis D.Dadayeva, Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori A.Maxkamov, OʻzITTHMA boʻlim mudiri Sh.Joʻrayeva, katta ilmiy xodimi S.Kuchkareva oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati