Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2023-yil 28-fevral holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2023-yil 28-fevral holatiga jami 163 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, 39 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 22-dekabrdagi 08/50-129-son bilan tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2023-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan 27-fevral holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 1 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 7 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 110 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 34 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Agentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 5 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 2 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 2 ta murojaatlar ijrosi bajarilganligi, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Agentlik idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan murojaatlarning 3 ta murojaatlar ijrosi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda 2023-yil 28-fevral holatiga jami 3102 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 2780 tasi ijroga qaratilganligi, 322 tasi bajarish (tizimga kiritish) jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2023-yil fevral oyida Agentlik tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Shvetsiya tadqiqotchilaridan kelib tushgan 3 ta murojaat ko‘rib chiqilgan hamda AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Chexiya Respublikasidan 5 ta tadqiqotchiga davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

Joriy yil 8-fevralda “O‘zarxiv” agentligiga Polsha Respublikasi Gdansk shahridagi Ikkinchi jahon urushi Muzeyi direktori Gjegoj Berendt va Sibir Xotira muzeyi direktori Voytsex Sleshinskiy tashrif buyurdilar. Uchrashuv chog‘ida “O‘zarxiv” agentligi va Polsha muzeylari hamda arxivlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. “O‘zarxiv” agentligiga Gjegoj Berendt tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida Polshaning “Pomor voyevodligi” hududida dafn etilgan o‘zbekistonlik askarlar ro‘yxati taqdim etildi. O‘zbekiston tarixi va madaniyatini Polshada targ‘ib etish masalalari bo‘yicha hamkorlikdagi ishchi guruh tuzish masalalari kun tartibining asosiy masalasi sifatida ko‘rildi.

Birlashgan Arab Amirliklari tashabbusiga koʻra, “O‘zbekiston Milliy arxivining yangi binosini qurish” grant loyihasi yuzasidan 2023-yil 22-fevralda BAA Milliy kutubxonasi va arxivi departament direktori Hamad Abdulla Al Mutairi bilan videokonferens-aloqa shaklida navbatdagi ishchi muzokara oʻtkazildi. Mazkur onlayn muzokarada “Oʻzarxiv” agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari hamda BAA loyiha muhandislari ishtirok etdilar. Muzokarada BAA loyiha muhandislari tomonidan loyiha dizayn-konsepsiyasi loyihasi tasdiqlanganligi maʼlum qilindi. Bino konsepsiyasi boʻyicha “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan qoʻshimcha takliflar bildirildi va BAA tomonidan ular ishchi tartibda qabul qilindi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati