Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2023 yil 31-mart holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2023-yil 31-mart holatiga jami 247 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 22 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining
2022-yil 22-dekabrdagi 08/50-129-son bilan tasdiqlangan “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2023-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan 31 mart holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 2 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 19 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 186 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 17 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 6 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 3 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Agentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 9 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 2 ta murojaatlar ijrosi bajarilganligi, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Agentlik idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 3 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Agentlik rahbariyati tomonidan aprel oyida Namangan, Fargʻona, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Agentlikda ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda 2023-yil 31-mart holatiga jami 4832 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 4514 tasi ijroga qaratilganligi, 318 tasi bajarish (tizimga kiritish) jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2023-yil mart oyida Agentlik tomonidan Rossiya Federatsiyasi tashkilotlarining 3 ta tadqiqotchilariga davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berish yuzasidan murojaatlari kelib tushgan. AQSh va Rossiya Federatsiyasi tashkilotlarining 2 ta tadqiqotchisiga davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan “Oʻzbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida” mavzusidagi “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” an’anaviy II Respublika fotokoʻrgazmasi Toshkent Fotosuratlar uyida 2023-yil 6-11-mart kunlari Agentlik tomonidan oʻtkazilgan boʻlib, unga xorijoy diplomatik vakolatxonalar va hamkor tashkilotlar rahbar-ayollari taklif etildi.

2023-yil 16-mart kuni Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi Xaynrix Xayne nomidagi universitetining Sharqiy Yevropa mamlakatlari kafedrasi o‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga tashrif buyurdi. Mazkur arxiv faoliyati bilan talaba yoshlarni yaqindan tanishtirish, hujjatlardan foydalanish spektrini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston-Germaniya Respublikalari o‘zaro madaniy aloqalari tarixi haqida kinoxronikalar namoyishi va “Nemis shoiri Xaynrix Xayne ijodi haqida” mavzusida bosma adabiyotlar va fotoko‘rgazmasi o‘tkazildi.

2023-yil 29-mart kuni AQSh Xolokost yodgorlik muzeyining Xalqaro arxivlar dasturi katta direktori Vadim Alskan Agentlikka tashrif buyurdi. Agentlik direktori U.Yusupov boshchiligida Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova (loyiha koordinatori) va V.Alskan oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv oʻtkazildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Milliy arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida saqlovxona, restavratsiya, raqamlashtirish xonasi, oʻquv zali va muzey boʻylab ekskursiya tashkil etildi.

2023-yil 30-mart kuni V.Alskan Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga tashrif buyurdi. Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori A.Mahkamov boshchiligida uchrashuv oʻtkazilib, arxiv tomonidan loyiha doirasida tayyorlangan (kelishilgan) arxiv materiallar mazmun-mohiyati bilan V.Alskan tanishtirildi. Oʻzbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida foto-fono-kino hujjatlari saqlovxonalari, arxiv binosi va kabinetlari ish jarayonlari boʻylab ekskursiya tashkil etildi.

2023-yil 31-mart kuni V.Alskan O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxiviga tashrif buyurdi. Oʻzbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi direktori B.Ahmedov boshchiligida uchrashuv oʻtkazilib, arxiv tomonidan loyiha doirasida tayyorlangan (kelishilgan) arxiv materiallar mazmun-mohiyati bilan V.Alskan tanishtirildi. O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida arxiv saqlovxonalarida mikroiqlimni boshqarish va nazorat qilish integrallashgan tizimi haqida ma’lumotlar berildi. Arxiv binosi va kabinetlari ish jarayonlari boʻylab ekskursiya tashkil etildi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati