Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2023-yil 31-yanvar holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2023-yil 31-yanvar holatiga jami 80 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 28 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentining 2022-yil 22-dekabrdagi 08/50-129-son bilan tasdiqlangan Agentlik rahbariyati tomonidan 2023-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan 30-yanvar holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 1 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 7 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 60 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 10 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Agentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 2 ta murojaatlar ijrosi jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan murojaatlar mavjud emas.

Agentlik idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan murojaatlarning 1 ta murojaatlar ijrosi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas.

Agentlik rahbariyati tomonidan Fevral oyida Qashqadaryo va Namangan, Fargʻona viloyatlari tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Agentlikda ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda 2023-yil 31-yanvar holatiga jami 1605 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 1559 tasi ijroga qaratilganligi, 46 tasi bajarish (tizimga kiritish) jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2023-yil yanvar oyida Agentlik tomonidan Qozog‘iston, Chexiya, Polsha, Germaniya respublikalari tadqiqotchilaridan kelib tushgan 4 ta murojaat ko‘rib chiqilgan hamda Polsha Respublikasining 1 ta tadqiqotchisiga davlat arxivlari oʻquv zallariga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

“Xalq xotirasi muqaddas” nomi bilan joriy yil 17-yanvarda Belarus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”da ko‘rgazma ochildi. Mazkur ko‘rgazma Agentlik, Belarus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”, Belarus Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasi, ShHT O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida o‘tkazilmoqda. Agentlik tomonidan taqdim etilgan fotohujjatlar o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan umumiy G‘alabaga qo‘shgan xissasini aks ettiradi. Ko‘rgazma o‘z ishini 2023-yil 5-martga qadar davom ettiradi.

“O‘zbekiston-Isroil” do‘stlik jamiyati tomonidan 2023-yil 26-yanvar kuni Xolokost xotirasi kuni munosabati bilan Isroil Davlati va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari hamda Agentlik tizimidagi milliy arxivlar vakillari ishtirokida tashkillashtirilgan onlayn tadbirda ishtirok etildi.


Manba : Xalqaro munosabatlar bo`limi