Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2024-yil 29-fevral holatiga koʻra)
Murojaatlar boʻyicha:
2024-yil 29-fevral holatiga jami 232 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 24 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjud, shundan:
Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 171 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 9 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 2 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 1 ta bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 15 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 2 ta murojaat bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 2 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2024-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan 29-fevral holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 4 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 29 (13 tasi bajarish jarayonida) nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;
Agentlik rahbariyati tomonidan mart oyida Jizzax va Samarqand viloyatlari tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan;
My.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar 2024-yil 29-fevral holatiga jami soʻrovlar soni-961 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash-37 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar – 82 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash-65 ta, mavzuli soʻrovlar-93, oʻqiganlikni tasdiqlash-279 ta, oylik maoshni tasdiqlash — 402 tani tashkil etadi.
“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 1448 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 1035 tasi ijroga qaratilgan, 413 tasi bajarish (tizimga kiritish) jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:
Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2024-yil fevral oyida Agentlik tomonidan Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasidan boʻlgan 3 ta tadqiqotchilarga Oʻzbekiston Milliy arxivi oʻquv zaliga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.
Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligining Arxivlar, hujjatlashtirish va kitob ishi qoʻmitasi huzuridagi “Ilmiy-texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi” respublika davlat muassasasining taklifiga koʻra mazkur arxivning tashkil etilganligiga 50 yil toʻlganligi munosabati bilan 2024-yilning 7-8-fevral kunlari oʻtkazilgan “Qozogʻiston Ilmiy-texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi va uning doʻstlari” mavzusidagi Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi direktori Alijon Maxkamov Qozogʻiston Respublikasi Ostona shahrida xizmat safarida boʻldi.
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti arxivining tashabbusiga koʻra 2024-yilning 16-fevral kuni mazkur arxiv tomonidan Qozogʻiston arxivchilari kongressi muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasining “Ochiq jamiyat – ochiq arxiv” mavzusida oʻtkazilgan masofaviy (onlayn formatda) yigʻilishida Agentlik direktori Ulugʻbek Yusupov ishtirok etdi.
2018-yil 30-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Turkiya Respublikasi Bosh vaziri devoni huzuridagi Davlat arxivlari bosh direksiyasi oʻrtasida arxivlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Protokol hamda 2019-yil 11-martda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat arxivlari boshqarmasi oʻrtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Amaliy harakatlar rejasiga muvofiq, Turkiyaning Istanbul shahridagi Usmoniylar arxivi hujjatlarini restavratsiya va konservatsiya qilish boʻyicha malaka oshirish hamda tajriba almashish uchun “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi arxivlarda faoliyat yuritayotgan 4 nafar arxivshunos-mutaxassislar 2024-yil 19-fevraldan 1-martga qadar Istanbul shahriga xizmat safariga yuborildi.
Butunrossiya Hujjatlar va arxiv ishlari ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD) taklifiga binoan 2024-yil 29-fevral kuni Agentlik direktori Ulugʻbek Yusupov “2023-yilda VNIIDAD ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari” mavzusidagi konferensiyada masofadan (onlayn) ishtirok etdi.