Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2024-yil 29-mart holatiga koʻra)
Murojaatlar boʻyicha:
2024-yil 29-mart holatiga jami 370 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 31 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjud, shundan:
Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 269 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 27 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Agentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 4 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 1 ta bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 22 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 2 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 4 ta murojaat bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Agentlik idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 2 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Agentlik rahbariyati tomonidan 2024-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan 29-mart holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 5 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 39 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;
Agentlik rahbariyati tomonidan aprel oyida Jizzax, Buxoro va Surxandaryo viloyatlari tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan;
my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar 2024-yil 29-mart holatiga jami soʻrovlar soni - 11534 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash - 308 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar - 3451 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash - 4025 ta, mavzuli soʻrovlar - 3700, oʻqiganlikni tasdiqlash - 1169 ta, oylik maoshni tasdiqlash - 8083 tani tashkil etadi.
Agentlikda ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 1983 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 1983 tasi ijroga qaratilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:
Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2024-yil mart oyida Agentlik tomonidan Niderlandiya, Yaponiya, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasidan boʻlgan 8 ta tadqiqotchilarga Oʻzbekiston Milliy arxivi va Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi oʻquv zallariga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.
Armaniston Milliy arxivining taklifiga koʻra mazkur arxivning 100-yillik yubileyi va YUNESKO tashkilotining nomoddiy madaniy merosni asrash toʻgʻrisidagi konvensiyasining 20-yilligi munosabati bilan “Arxivlar – insoniyat xotirasi” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Agentlik direktori oʻrinbosari Sh.Sadikov Armaniston Respublikasi Yerevan shahrida 2024-yil 25-30-mart kunlari xizmat safarida boʻldi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan “Adolatparvar va maʼrifatli ayol – oila timsoli” mavzusidagi “Oʻzbek ayoli – oʻtmish, nafosat, kelajak ramzi” anʼanaviy III Respublika fotokoʻrgazmasiga 2024-yil 5-10-mart kunlari xorijiy diplomatik vakolatxonalar vakillari taklif etilgan.