Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2024-yil 30-aprel holatiga koʻra)
Murojaatlar boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 361 ta murojaatlardan 333 ta ijrosi bajarilgan, 28 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Agentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 10 ta murojaatlardan 9 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 31 ta murojaatlardan
27 ta ijrosi bajarilgan, 4 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 5 ta murojaatlardan
4 ta ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Agentlik idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan
2 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Agentlik rahbariyati tomonidan 2024-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan
30-aprel holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 6 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 48 (8 ta ijroda) nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;
Agentlik rahbariyati tomonidan May oyida Surxоndaryo, Namangan va Navoiy viloyatlari tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan;
my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar 2024-yil
30-aprel holatiga jami soʻrovlar soni - 24 673 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash - 336 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar - 4338 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash - 4758 ta, mavzuli soʻrovlar - 5122 ta, oʻqiganlikni tasdiqlash - 1168 ta, elektron nusxa olish - 75, oylik maoshni tasdiqlash - 8876 tani tashkil etadi.
Agentlikda ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 2411 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 2300 tasi ijroga qaratilgan, 111 ta bajarish jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:
Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2024-yil aprel oyida Agentlik tomonidan AQSH va Qozogʻiston Respublikasidan boʻlgan 2 ta tadqiqotchilarga Oʻzbekiston Milliy arxivi va Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi oʻquv zallariga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.
2024-yil 25-martdan 6-aprelgacha Tojikiston davlat arxivlarida Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon xonliklariga oid arxiv hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish boʻyicha Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimlari M.S.Isakova va N.M.Mirzayevlarning xizmat safari amalga oshirilgan.
2024-yil 11-martdan 10-aprelgacha Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Rosarxiv tizimidagi davlat arxivlari va tashkilotlarida Sh.R.Rashidov hayoti va mehnat faoliyatiga doir arxiv hujjatlari tarkibini oʻrganish va nusxalarini yurtimizga olib kelish boʻyicha Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi direktori A.V.Maxkamovning xizmat safari amalga oshirilgan.
Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati gubernatori oʻrinbosari V.V.Kozlovning murojaatiga muvofiq, 2024-yil 16-aprel kuni “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni taʼsis etilganligining 90 yilligi munosabati bilan arxiv hujjatlarining elektron koʻrgazmasida arxiv hujjatlari bilan ishtirok etilgan.
Butunrossiya hujjatlar va arxivshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD)ning 2024-yil 18-19-aprel kunlari oʻtkazilgan “Dokumentatsiya v informatsionnom obщestve” XXX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida Agentlik va tizimdagi milliy arxivlar mutaxassislari oʻz maʼruzalari bilan (onlayn) ishtirok etganlar.
2024-yil 18-19-aprel kunlari oʻtkazilgan XIV Yosh olimlar va mutaxassislar Xalqaro konferensiyasida (Mejdunarodnaya konferensiya molodыx uchyonыx i spetsialistov “KLIO-2024”)da Oʻzbekiston Milliy arxivi ilmiy xodimi Sh.M.Srojidinov oʻz maʼruzasi bilan onlayn ishtirok etgan.
Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati Gubernatori oʻrinbosari V.V.Kozlovning murojaatiga muvofiq, Sverdlovsk viloyati Arxiv boshqarmasi boshligʻi R.S.Taraborin va Agentlik direktori U.M.Yusupov bilan 2024-yil 22-aprelda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etilib, uchrashuv chogʻida Agentlik va Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati arxivlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Vazirlar Mahkamasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan xorijiy hamkorlar bilan birgalikda Oʻzbekistonda hujjatli va eksperimental kinematografiyani rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida 2024-yil 23-aprelda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida tashkilotchilar va yosh tadqiqotchilar (jami 21 nafar) uchun ekskursiya uyushtirilishgan.
Oʻzbekiston Milliy arxivi hamda Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tomonidan UNESCO/Jikji “Jahon xotirasi” mukofoti uchun (UNESCO/Jikji Memory of the World Prize) nomzodnomalari taqdim etilgan.