Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2024-yil 30-noyabr holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2024-yil 30-noyabr holatiga jami 1159 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 13 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjud, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 878 ta murojaatlardan 865 ta ijrosi bajarilgan, 13 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 36 ta murojaatlardan 36 ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 72 ta murojaatlardan, 72 ta ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 10 ta murojaatlardan 10 tasi ijrosi bajarilgan va bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 7 ta murojaatlardan 7 ta ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va  muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

2024-yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 30-noyabr holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 25 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 158 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;

my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar noyabr oyida jami soʻrovlar soni – 20 596 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash – 236 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar – 3 443 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 3 960 ta, mavzuli soʻrovlar – 2 868 ta, oʻqiganlikni tasdiqlash – 1 125 ta, elektron nusxa olish - 27 ta, oylik maoshni tasdiqlash – 8 910 tani tashkil etadi.

“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 11 795 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 10 495 tasi ijroga qaratilgan, 1 300 ta bajarish jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.

 

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2024-yil noyabr oyida “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Qozogʻiston Respublikasida boʻlgan 4 ta tadqiqotchiga Oʻzbekiston Milliy arxivi oʻquv zaliga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.