Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2024-yil 31-iyul holatiga koʻra)
Murojaatlar boʻyicha:
2024-yil 31-iyul holatiga jami 811 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 24 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:
Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 599 ta murojaatlardan 584 ta ijrosi bajarilganligi, 15 tasi bajarish jarayonidaligi, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emasligi;
“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 23 ta murojaatlardan 23 ijrosi bajarilganligi, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emasligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 53 ta murojaatlardan, 51 ta ijrosi bajarilgan, 2 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 6 ta murojaatlardan, 6 tasi ijrosi bajarilganligi, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 5 ta murojaatlardan, 4 ta ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2024-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 31-iyul holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 18 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 124 nafar (8 tasi bajarish jarayonida) fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;
my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar 2024-yil 31-iyul holatiga jami soʻrovlar soni - 28 485 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash - 305 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar - 5213 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash - 4826 ta, mavzuli soʻrovlar - 4826 ta, oʻqiganlikni tasdiqlash - 4595 ta, elektron nusxa olish - 46 ta, oylik maoshni tasdiqlash - 8674 tani tashkil etadi.
“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 5462 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 4759 tasi ijroga qaratilgan, 703 ta bajarish jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:
Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2024-yil iyul oyida “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasi va AQSHdan boʻlgan 2 ta tadqiqotchiga Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi hamda Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi oʻquv zaliga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.
2024-yil 4-6 iyul kunlari Tojikiston Respublikasi Panjikent shahridagi Tojikiston pedagogika institutining “Artuch oʻqishlari-VI” mavzusidagi anʼanaviy oʻtkazilib kelinayotgan Xalqaro ilmiy-amaliy forumda ishtirok etish maqsadida “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi, falsafa doktori N.M.Mirzayev Tojikiston Respublikasi Panjikent shahrida xizmat safarida boʻldi.