Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2024-yil 30-avgust holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2024-yil 30-avgust holatiga jami 936 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 46 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 696 ta murojaatlardan 656 ta ijrosi bajarilganligi, 40 tasi bajarish jarayonidaligi, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emasligi;

“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 30 ta murojaatlardan 30 ijrosi bajarilganligi, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emasligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 55 ta murojaatlardan, 54 ta ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 8 ta murojaatlardan, 7 tasi ijrosi bajarilganligi, 1 tasi bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 6 ta murojaatlardan, 6 ta ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2024-yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 30-avgust holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 21 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 141 nafar (4 tasi bajarish jarayonida) fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;

“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan avgust oyida Andijon, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilganligi;

my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar 2024-yil 22-avgust holatiga jami soʻrovlar soni – 17 439 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash – 229 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar – 3 382 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 3 447 ta, mavzuli soʻrovlar – 2 919 ta, oʻqiganlikni tasdiqlash – 1 381 ta, elektron nusxa olish – 8 ta, oylik maoshni tasdiqlash – 6 073 tani tashkil etadi.

“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 6 476 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 5 793 tasi ijroga qaratilgan, 683 ta bajarish jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.

 

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2024-yil avgust oyida “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Qozogʻiston, Italiya va Yaponiyadan boʻlgan 8 ta tadqiqotchiga Oʻzbekiston Milliy arxivi oʻquv zaliga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

2024-yil 6-9 avgust kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi—davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashining navbatdagi XX yigʻilishi hamda “Zamonaviy jamiyatda kinofotofono arxivlari: rivojlanishning dolzarb yoʻnalishlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-nazariy anjumanida ishtirok etish maqsadida “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (jami 5 kishi) xizmat safarida boʻldi.

Oʻzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining taklifiga muvofiq, 2024-yil 22-avgustda “Xalq diplomatiyasi va diniy bagʻrikenglik millatlararo muloqotning samarali vositasi : Yangi Oʻzbekiston tajribasi” mavzusidagi Xalqaro anjumanda “Oʻzarxiv” agentligi vakillari ishtirok etishdi.