Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2024-yil 31-may holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2024-yil 31-may holatiga jami 582 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 26 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjudligi, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 453 ta murojaatlardan 441 ta ijrosi bajarilganligi, 12 tasi bajarish jarayonidaligi, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emasligi;

“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 17 ta murojaatlardan 17 ijrosi bajarilganligi, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emasligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 37 ta murojaatlardan, 35 ta ijrosi bajarilgan, 2 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 5 ta murojaatlardan, 5 tasi ijrosi bajarilganligi, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

 “Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 4 ta murojaatlardan, 3 ta ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Agentlik rahbariyati tomonidan 2024-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan 31-may holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 8 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 66 nafar (11 tasi bajarish jarayonida) fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;

Agentlik rahbariyati tomonidan iyun oyida Surxandaryo, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilganligi;

my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar 2024-yil 31-may holatiga jami soʻrovlar soni – 17 874 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash – 224 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar – 3 163 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 3 530 ta, mavzuli soʻrovlar – 3 630ta, oʻqiganlikni tasdiqlash – 1 092 ta, Elektron nusxa olish-7 ta, oylik maoshni tasdiqlash – 6 228 tani tashkil etadi.

Agentlikda ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 2 755 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 2 665 tasi ijroga qaratilgan, 90 ta bajarish jarayonida,  muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2024-yil may oyida Agentlik tomonidan Germaniyadan boʻlgan 1 ta tadqiqotchiga Oʻzbekiston Milliy arxivi oʻquv zaliga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

2024-yil 5-11-may kunlari Moʻgʻuliston madaniyat vazirligi va UNESCO ishlari boʻyicha Moʻgʻuliston Milliy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan MOWCAP 10-Yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi “Jahon xotirasi” milliy qo‘mitasi nomidan hisobot bilan ishtirok etish munosabati bilan “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (jami 2 kishi) Mo‘g‘uliston Respublikasi Ulan-Bator shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Moʻgʻuliston arxivlari bosh boshqarmasiga tashrif uyushtirilib, ishchi muzokara oʻtkazildi va faoliyat bilan yaqindan tanishildi. O‘zbekiston Respublikasi va Indoneziya Respublikasi arxiv muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiya Indoneziya Respublika Milliy arxivi direktori Imam Gunarto bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. MOWCAP 10-Yalpi majlisi doirasida O‘zbekiston tarafidan UNESCOning “Jahon xotirasi” dasturi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi ro‘yxatiga kiritish uchun taklif etilgan ikki nomzodnoma - “Xudoybergan Devonovning Xorazm oazisi suratlari to‘plami” va “Turkiston albomi” bir ovozdan qabul qilindi va O‘zbekistondan ushbu 2 ta nodir hujjatlar toʻplami UNESCOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritildi hamda tegishli sertifikatlar qabul qilindi.

2024-yil 27-29-may kunlari Vengriya Milliy arxivi rahbar-mutaxassislari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (jami 2 kishi) Vengriya Respublikasi Budapesht shahrida xizmat safarida bo‘ldi. “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hamda Vengriya Milliy arxivi o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha Amaliy harakatlar rejasi (2024-2028-yillar uchun)” 2024-yil 28-mayda imzolandi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi tomonidan 2024-yil
15-17-may kunlari
Samarqand va Jizzax shaharlarida tashkil etilgan “Central Asia: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasida “O‘zarxiv” agentligi va tizim tashkilotlari xodimlari (jami 23 kishi) oʻz ma’ruzalari bilan (shu jumladan, onlayn shaklda) ishtirok etdilar.