Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2024-yil 31-oktabr holatiga koʻra)

Murojaatlar boʻyicha:

2024-yil 28-oktabr holatiga jami 1070 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 36 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjud, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 806 ta murojaatlardan 770 ta ijrosi bajarilgan, 36 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 33 ta murojaatlardan 33 ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 67 ta murojaatlardan, 67 ta ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 9 ta murojaatlardan 9 tasi ijrosi bajarilgan va bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 6 ta murojaatlardan 6 ta ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va  muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2024-yilning II yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 28-oktabr holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 24 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 149 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;

“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan oktabr-noyabr oyida Qashqadaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan;

my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar oktabr oyida jami soʻrovlar soni – 22 735 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash – 309 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar – 3 769 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 4 470 ta, mavzuli soʻrovlar – 3 103 ta, oʻqiganlikni tasdiqlash – 1 435 ta, elektron nusxa olish - 23 ta, oylik maoshni tasdiqlash – 9 626 tani tashkil etadi.

“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 8 744 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 8 444 tasi ijroga qaratilgan, 300 ta bajarish jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.

 

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2024-yil oktabr oyida “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Qozogʻiston, Tojikiston va AQShdan boʻlgan 5 ta tadqiqotchiga Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi hamda Toshkent viloyat davlat arxivi oʻquv zallariga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

2024-yil 1-4-oktabr kunlari “Jamiyatning barqaror rivojlanishi yoʻlida meros institutlari” mavzusidagi xalqaro ishtirokdagi Qozogʻiston arxivchilarining II Kongressida ishtirok etish uchun “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (jami 3 kishi) Qozogʻiston Respublikasi Olma-Ota shahrida xizmat safarida boʻldi.

Germaniyaning Erlangen-Nyurnberg shahridagi Fridrix-Aleksandr universiteti Yangi va Sharqiy Yevropa tarixi kafedrasi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo tarixini oʻrganayotgan xodimlar va talabalaridan tarkib topgan delegatsiya vakillari (jami 16 kishi) Oʻzbekiston Milliy arxivi faoliyati bilan tanishish va tajriba almashish maqsadida 2024-yil 4-oktabrda Oʻzbekiston Milliy arxiviga ishchi tashrifi tashkil etildi.

Rossiya Federatsiyasi Yekaterinburg shahridagi Ural federal universitetida 2024-yil 18-oktabrda oʻtkazilgan III Ural tarixiy-arxiv forumi va uning doirasida tashkillashtirilgan davra suhbatida ishtirok etish uchun 2024-yil 15-18-oktabr kunlari Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi direktori Z.Abdulladjanova Rossiya Federatsiyasi Yekaterinburg shahrida xizmat safarida boʻldi.

KOICA tomonidan 2024-yil 14-oktabrdan 23-oktabrgacha oʻtkazilgan “Raqamli hujjatlarni boshqarishda jamoatchilik salohiyatini oshirish” mavzusidagi navbatdagi qisqa muddatli xalqaro dasturida ishtirok etish uchun “Oʻzarxiv” agentligi Axborot texnologiyalari va arxiv xizmatlarini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi A.Ziyatdinov boshchiligidagi delegatsiya (jami 2 kishi) Koreya Respublikasida xizmat safarida boʻldi.

2024-yil 18-26-oktabr kunlari oʻtkazilgan Oʻzbekistonda xalqaro madaniy meros haftaligi doirasida 2024-yil 21-oktabrda boʻlib oʻtgan “Maʼrifat nuri: XIX va XX asrlarning adabiy va ilmiy-madaniy islohotlari” mavzusidagi Xalqaro anjumanda “Oʻzarxiv” agentligi direktorining Maʼnaviyat va davlat tili boʻyicha maslahatchi Sh.Tursunbayev ishtirok etdi.

Mamlakatimizda 2024-yil 27-oktabrda boʻlib oʻtgan siyosiy tadbirda Latviyadan ishtirok etgan xalqaro kuzatuvchi Latviya universiteti Akademik kutubxonasi direktori Venta Kotsere Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva hamrohligida va “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati ishtirokida 2024-yil 26-oktabrda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi.

Oʻzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan 2024-yil 28-oktabrda oʻtkazilgan “Oʻzbekiston xalq diplomatiyasi: tarix, bugun va kelajak” mavzusidagi I Xalq diplomatlari kongressida “Oʻzarxiv” agentligi Xalqaro aloqalar boʻyicha bosh mutaxassisi D.Dadayeva ishtirok etdi.

Mamlakatimizda 2024-yil 27-oktabrda boʻlib oʻtgan siyosiy tadbirda Xitoy Xalq Respublikasidan ishtirok etgan xalqaro kuzatuvchi Xitoy Shanxay chet tillar universitetining Shanxay Global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasining professori va ijrochi dekani Yan Chen va bir guruh xitoylik talabalar (jami 7 kishi) tomonidan Oʻzbekiston Milliy arxiviga 2024-yil 29-oktabrda ishchi tashrif amalga oshirildi.