Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2024-yil 31-yanvar holatiga koʻra)
Murojaatlar boʻyicha:
2024-yil 31-yanvar holatiga jami 112 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 48 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjud, shundan:
Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 58 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 26 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 2 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 3 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 3 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 2 ta murojaat bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 1 ta murojaatlar ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2024-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, Agentlik rahbariyati tomonidan 31-yanvar holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 2 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 16 (16 tasi bajarish jarayonida) nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;
Agentlik rahbariyati tomonidan fevral oyida Xorazm va Fargʻona viloyatlari tumanlarida sayyor qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan;
“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 334 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 334 tasi ijroga qaratilgan, bajarish (tizimga kiritish) jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:
Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2024-yil yanvar oyida Agentlik tomonidan Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya respublikalaridan 14 ta tadqiqotchilarga Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Samarqand viloyati davlat arxivi oʻquv zallariga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan davlat idoralari xodimlari malakasini oshirish maqsadida Koreya Respublikasida oʻtkaziladigan oʻquv kurslarini oʻz ichiga olgan 2025-yilga moʻljallangan dasturlar loyihasiga kiritish maqsadida “Oʻzarxiv” agentligining arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha zarur boʻlgan yoʻnalishlar haqida takliflar taqdim etilgan.