Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2025-yil 26-iyun holatiga koʻra)
Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 359 ta murojaatlardan 342 ta ijrosi bajarilgan, 17 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 12 ta murojaatlardan 12 tasi ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 34 ta murojaatlardan 32 ta ijrosi bajarilgan, 2 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 1 ta murojaatlardan 1 tasi ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 11 ta murojaatlardan 11 tasi ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2025-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 23-iyun holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 8 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 56 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;
my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar iyun oyida jami soʻrovlar soni – 20105 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash – 357 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar – 3131 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 3792 ta, mavzuli soʻrovlar – 2060 ta, oʻqiganlikni tasdiqlash – 1274 ta, elektron nusxa olish – 21 ta, oylik maoshni tasdiqlash – 9470 tani tashkil etadi.
“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 6279 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 5645 tasi ijroga qaratilgan, 634 tasi tizimga kiritish jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:
Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2025-yil iyun oyida tomonidan Qozog‘iston va Germaniya respublikalaridan boʻlgan 3 ta tadqiqotchiga Oʻzbekiston Milliy arxivi va O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi oʻquv zallariga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.
2025-yil 2-7-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida MDH ishtirokchi - davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining navbatdagi XXI Maslahat kengashi yigʻilishi va uning doirasida Butunrossiya hujjatlashtirish va arxivshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD)ning “Real virtual: raqamli asrdagi hujjatli meros” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etish maqsadida “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (shu jumladan, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi direktori A.Maxkamov) xizmat safarida boʻldi.
2025-yil 9-13-iyun kunlari “Arxivlarni raqamli transformatsiyalash va hujjatli merosni saqlash” mavzusida Ostona shahrida an’anaviy oʻtkazilgan “Yosh arxivchilar yozgi maktabi” VIII malaka oshirish xalqaro dasturida ishtirok etish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi delegatsiyasi (jumladan, delegatsiya rahbari - “Oʻzarxiv” agentligi Xalqaro aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis D.Dadayeva hamda xalqaro dastur tinglovchisi - O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi Hujjatlardan foydalanish bo‘limi arxivchisi D.Salaxetdinova) xizmat safarida bo‘ldi.
Germaniyaning “Microbox GmbH” kompaniyasi bosh direktori Stefan (Ulrix Teodor) Velp va “Oʻzarxiv” agentligi direktori bilan 2025-yil 18-iyunda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekistonda “Microbox GmbH” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan loyihalar, jumladan, respublika arxivlariga yetkazib berilgan zamonaviy skaner uskunalari, ularning texnik xususiyatlari va samaradorligi atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv doirasida mehmonlar O‘zbekiston Milliy arxivida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari, hujjatlarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha tashkil etilgan maxsus laboratoriya faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Tashrif yakunida “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlarida ishlatilayotgan “book2net” skanerlarining axborot tizimini yangi talqinga almashtirish hamda kelajakda raqamlashtirish bilan bogʻliq masalalarda hamkorlik qilish masalalari tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishib olindi.
2025-yil 24-iyun kuni Mo‘g‘uliston Respublikasi Ulan-Bator shahrida oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani imzolash jarayonida “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan Moʻgʻuliston arxivlari bosh boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bayonnoma” imzolandi.