Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2025-yil 28-fevral holatiga koʻra)
2025-yil 28-fevral holatiga jami 150 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 23 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjud, shundan:
Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 131 ta murojaatlardan 115 ta ijrosi bajarilgan, 16 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 6 ta murojaatlardan 5 tasi ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 12 ta murojaatlardan 8 ta ijrosi bajarilgan, 3 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) murojaatlar kelib tushmagan;
“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 6 ta murojaatlardan 5 tasi ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2025-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 28-fevral holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 2 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 16 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;
my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar fevral oyida jami soʻrovlar soni – 22 830 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash – 346 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar – 3 785 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 4 512 ta, mavzuli soʻrovlar – 3 064 ta, oʻqiganlikni tasdiqlash – 1 396 ta, elektron nusxa olish – 21 ta, oylik maoshni tasdiqlash – 9 706 tani tashkil etadi.
“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 2 200 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 2 200 tasi ijroga qaratilgan va bajarish jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:
Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2025-yil fevral oyida tomonidan AQShdan boʻlgan 1 ta tadqiqotchiga Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari davlat arxivlari hamda Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi oʻquv zaliga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.
Qozog‘iston Respublikasi “Qizilo‘rda viloyati madaniyat, arxivlar va hujjatlashtirish boshqarmasi” KDM rahbari M.Kazbekovaning taklifiga muvofiq, M.Kazbekova va Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova oʻrtasida 2025-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Milliy arxivida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida arxiv ishi va ish yuritish, hujjatlarni jamlash, hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi. Shuningdek, mazkur uchrashuv doirasida Oʻzbekiston Milliy arxivi ko‘rgazmalar zalida “Qizilo‘rda arxivlarida o‘zbek xalqi tarixi” mavzusiga bag‘ishlangan qo‘shma arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
“Oʻzarxiv” agentligi Xalqaro aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis D.Dadayeva, direktorning Matbuot kotibi A.Aliyev va O‘zbekiston Ilmiy-tenika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi direktori A.Maxkamov 2025-yil 27-fevralda Butunrossiya hujjatlashtirish va arxivshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD)ning “2024-yilda VNIIDAD tadqiqot faoliyati natijalari” hisobot konferensiyasida videokonferensaloqa texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etdilar. VNIIDAD xodimlari 2024-yilda Federal arxiv agentligi (Rosarxiv)ning davlat topshirig‘i asosida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qildilar va ishtirokchilarning savollariga javob berdilar.