Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2025-yil 28-mart holatiga koʻra)

2025-yil 28-mart holatiga jami 242 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 42 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjud, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 184 ta murojaatlardan 147 ta ijrosi bajarilgan, 37 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 7 ta murojaatlardan 7  tasi ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 20 ta murojaatlardan 16 ta ijrosi bajarilgan, 4 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) murojaatlar kelib tushmagan;

“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 8 ta murojaatlardan 7 tasi ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2025-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 28-mart holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 3 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 23 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;

my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar fevral oyida jami soʻrovlar soni – 20 452 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash – 306 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar – 3 168 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 4 086 ta, mavzuli soʻrovlar – 2 627 ta, oʻqiganlikni tasdiqlash – 1 268 ta, elektron nusxa olish - 15 ta, oylik maoshni tasdiqlash – 8 982 tani tashkil etadi.

“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 3 113 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 3 033 tasi ijroga qaratilgan, 80 tasi tizimga kiritish jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.

 

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2025-yil mart oyida tomonidan AQSh, Rossiya Federatsiyasi hamda Qozog‘iston Respublikasidan boʻlgan 6 ta tadqiqotchiga Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari davlat arxivlari hamda Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi oʻquv zaliga tashrif buyurishi uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.