Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2025-yil 30-aprel holatiga koʻra)
2025-yil 28-aprel holatiga jami 349 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 18 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjud, shundan:
Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 265 ta murojaatlardan 248 ta ijrosi bajarilgan, 17 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 8 ta murojaatlardan 8 tasi ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 26 ta murojaatlardan 25 ta ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 1 ta murojaatlardan 1tasi ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 9 ta murojaatlardan 9 tasi ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2025-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 28-aprel holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 5 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 40 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;
my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar aprel oyida jami soʻrovlar soni – 29 445 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash – 501 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar – 4 660 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 5 654 ta, mavzuli soʻrovlar – 3 723 ta, oʻqiganlikni tasdiqlash – 1 383 ta, elektron nusxa olish – 17 ta, oylik maoshni tasdiqlash – 13 507 tani tashkil etadi.
“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 4 321ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 4 094 tasi ijroga qaratilgan, 227 tasi tizimga kiritish jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:
Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2025-yil aprel oyida tomonidan AQSh, Buyuk Britaniya hamda Qozog‘iston Respublikasidan boʻlgan 4 ta tadqiqotchiga Oʻzbekiston Milliy arxivi, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Xorazm, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari davlat arxivlari hamda Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi oʻquv zaliga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-11-son Qaroriga muvofiq, 2025-yil 5-9-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasiga Namibiya Milliy kengashidan tashrif buyurgan (jami - 8 kishi) delegatsiya vakillari “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov va direktor o‘rinbosari Sh.Sadikov hamrohligida (Geologiya fanlari universiteti va “Asakabank” AJ vakillari bilan kelishilgan holda) Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan kunlar va vaqtda o‘rnatilgan tartibda kutib olindi, mehmonxonalar (“Novza Palace Hotel”, “Lakeside Hotel” va “Reikartz Amirun Hotel”)ga joylashtirildi, Assambleya doirasidagi rasmiy (Kongress Holl), madaniy (Toshkent muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Geologiya muzeyi) va boshqa tadbirlarda doimiy hamrohlik qilindi.
Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Raxmonzoda Abdudjabbor Aziz va “Oʻzarxiv” agentligi direktori Yusupov Ulugʻbek Mirtalibovich bilan 2025-yil 8-aprelda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida “O‘zarxiv” agentligi va Tojikiston arxivlari o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston tarixi va madaniyatini, arxiv hujjatlarini Tojikiston arxivlarida targ‘ib etish, hujjatlarni raqamlashtirish, qo‘shma ko‘rgazmalar va nashrlar tashkil etish, arxivlarda tadqiqotchilarga koʻmak koʻrsatish bo‘yicha hamkorlikdagi masalalar kun tartibining asosiy mavzusi sifatida ko‘rildi.
Qirg‘iz Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchi Chotonov Duyshenkul Tezekbayevich va “Oʻzarxiv” agentligi direktori Yusupov Ulugʻbek Mirtalibovich bilan 2025-yil 9-aprelda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida “O‘zarxiv” agentligi va Qirg‘iz davlat arxivlari o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Ikki qardosh xalqlar tarixi va madaniyatini, arxiv hujjatlarini har ikki davlat arxivlarida targ‘ib etish, hujjatlarni raqamlashtirish, qo‘shma ko‘rgazmalar va nashrlar tashkil etish, arxivlarda tadqiqotchilarga koʻmak koʻrsatish bo‘yicha hamkorlikdagi masalalar kun tartibining asosiy mavzusi sifatida ko‘rildi.
2025-yil 10-aprelda “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Milliy arxivi, Shveysariyaning Friburg universiteti va Chirchiq davlat pedagogika universiteti, shuningdek, Shveysariya milliy ilmiy fondi va Qutb instituti bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Milliy arxivi majlislar zalida “Geograf olim N.L.Korjenevskiyning Pomirga birinchi sayohatlari (1903-1914-yy.)” nomli ekspeditsiya kundaligi va shaxsiy hujjatlarini Oʻzbekiston Milliy arxivi davlat saqloviga tantanali topshirish marosimini o‘tkazildi. O‘z navbatda, mazkur tadbirda Shveysariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi xodimlari, xorijiy va mahalliy tarixchi-olimlar, arxivchilar va ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
2025-yil 29-yanvarda Anqara shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 30 yilligini nishonlash bo‘yicha Kompleks tadbirlar dasturi”ning 34-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 23-26-aprel kunlari Buxoro shahrida “O‘zbekiston-Ozarbayjon aloqalari arxiv foto hujjatlarida” kitob-albomining taqdimoti va “O‘zbekiston va Ozarbayjon ikki qardosh xalq” mavzusidagi qo‘shma arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi oʻtkazildi.