Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2025-yil 30-may holatiga koʻra)

2025-yil 26-may holatiga jami 424 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 50 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjud, shundan:

Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 326 ta murojaatlardan 289 ta ijrosi bajarilgan, 37 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 10 ta murojaatlardan 9  tasi ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 28 ta murojaatlardan 26 ta ijrosi bajarilgan, 2 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) kelib tushgan 1 ta murojaatlardan 1tasi ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 10 ta murojaatlardan 9 tasi ijrosi bajarilgan, 1 tasi bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;

“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2025-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 26-may holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 6 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 49 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;

my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar may oyida jami soʻrovlar soni - 23714 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash - 344 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar - 3620 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash - 4655 ta, mavzuli soʻrovlar - 2715 ta, oʻqiganlikni tasdiqlash - 1188ta, elektron nusxa olish - 24 ta, oylik maoshni tasdiqlash - 11168 tani tashkil etadi.

“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 5124 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan, 4832 tasi ijroga qaratilgan, 292 tasi tizimga kiritish jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.

Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:

Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2025-yil may oyida tomonidan Qozog‘iston Respublikasidan boʻlgan 4 ta tadqiqotchiga Oʻzbekiston Milliy arxivi oʻquv zaliga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.

2025-yil 3-aprel kuni videokonferens-aloqa shaklida imzolangan “Rossiya Federatsiyasi Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarixi arxivi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonlik mehnat armiyachilarining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi jasorati” mavzusidagi ko‘chma banner ko‘rgazmasini o‘tkazish va “O‘zbekistonlik mehnat armiyachilarining jasorati” mavzusidagi arxiv hujjatlari to‘plamini nashrga tayyorlash bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasi (2025-2026-yillar uchun)”ning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 13-17-may kunlari Toshkent shahriga Rossiya Federatsiyasi Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarixi arxivi delegatsiyasining tashrifi amalga oshirildi hamda 14-mayda “O‘zbekistonlik mehnat armiyachilarining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi jasorati” mavzusidagi qo‘shma ko‘rgazma oʻtkazildi.

Rossiya Federatsiyasidagi “Proxorovskoye Pole” davlat harbiy-tarixiy muzey-qo‘riqxonasi tomonidan 2025 yil 14-15 mayda o‘tkazilgan “Актуальные вопросы научного исследования Великой Отечественной войны: к 80-летию Великой победы” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda onlayn shaklda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi katta ilmiy xodimi D.Kim “Одна на всех! - вклад советских республик в Победу. Изучение вклада Узбекистана в победу под Курском на основе фотодокументов” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etdi.

2025-yil 14-maydan 17-maygacha Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan “Central Asia: Fan, ta‘lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII xalqaro konferensiyada “O‘zarxiv” agentligi va tizimdagi tashkilotlardan jami 20 nafar xodim, shu jumladan onlayn shaklda o‘z maqolalari va taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

2025-yil 20-22-may kunlari Samarqand shahriga Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Rossiya Federatsiyasi) raisi G.Z.Gabdrahmanova boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi amalga oshirildi hamda 21-mayda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hamda Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasi (2025-2027-yillar uchun)” imzolandi.

Adliya vazirining 2025-yil 27-yanvardagi “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 24-um-son buyrugʻiga asosan “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar” mavzusidagi Forum 2025-yil 29-30-may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi. Ushbu Forumga tashrif buyurgan nufuzli xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari, xalqaro ekspertlar va olimlar uchun “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan “BMT tashkil topganligining 80 yilligi va uning ishidagi O‘zbekiston ishtiroki” mavzusidagi arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.