Agentlik rasmiy veb-saytida Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish (2025-yil 30-yanvar holatiga koʻra)
2025-yil 30-yanvar holatiga jami 75 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, 43 ta nazoratdagi topshiriqlar mavjud, shundan:
Oʻzbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasidan kelib tushgan 56 ta murojaatlardan 27 ta ijrosi bajarilgan, 29 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
“Oʻzarxiv” agentligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma kelib tushgan 2 ta murojaatlardan 2 tasi ijrosi bajarilgan, bajarish jarayonida va muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan kelib tushgan 5 ta murojaatlardan 3 ta ijrosi bajarilgan, 2 tasi bajarish jarayonida, muddati oʻtgan murojaatlar mavjud emas;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari boʻyicha 1211 ishonch telefoni”ga (Call-center) murojaatlar kelib tushmagan;
“Oʻzarxiv” agentligi idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) orqali kelib tushgan 1 ta murojaat bajarish jarayonida;
“Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2025-yilning I yarim yilligida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga muvofiq, “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 30-yanvar holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 1 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, ularda 11 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilgan;
my.archive.uz tizimi orqali ijtimoiy-huquqiy hamda mavzuli soʻrovlar yanvar oyida jami soʻrovlar soni - 26675 tani tashkil qilib, mehnat faoliyatini tasdiqlash - 377 ta, mavzuli tezlashtirilgan soʻrovlar - 3902 ta, mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash - 5457 ta, mavzuli soʻrovlar - 3120 ta, oʻqiganlikni tasdiqlash - 1605 ta, elektron nusxa olish - 18 ta, oylik maoshni tasdiqlash - 12196 tani tashkil etadi.
“Oʻzarxiv” agentligida ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarning bajarilishi yuzasidan bugungi kunda jami 1253 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan, shundan 1124 tasi ijroga qaratilgan, 129 ta bajarish jarayonida, muddati oʻtgan soʻrovlar mavjud emas.
Xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha:
Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2025-yil yanvar oyida “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan Qozogʻiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va AQSHdan boʻlgan 7 ta tadqiqotchiga Oʻzbekiston Milliy arxivi hamda Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi oʻquv zaliga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi (2025-yil 13-15-yanvar) doirasida “Oʻzbekiston Milliy arxivining yangi binosini qurish va jihozlash” grant loyihasi asosida “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida grant mablagʻlarini jalb etish toʻgʻrisidagi Kelishuv” imzolangan.