“Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23-apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 4298-son qarorida Toshkent shahrida arxiv hujjatlari va fotoko‘rgazmalarini o‘tkazish belgilangan.
“O’zarxiv” agentligi va Toshkent shahar arxiv ishi xududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar “Xalqlar do‘stligi” maydonida ushbu muqaddas bayram tadbirlari jarayonida Ikkinchi jaxon urush yillarida bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etgan xalqimiz to‘g‘risidagi asl va noyob arxiv hujjatlari va fotosuratlar ko‘rgazmasini hamda urush vaqti xujjatli filmi namoyishi tashkil etildi.
Ko‘rgazmalarda o‘zbekistonliklarning faol urush maydonlarida va front ortida mardlik ko‘rsatishganligi, ayniqsa bir milliondan ortiq evakuatsiya qilingan boshpanasiz fuqarolarni o‘z bag‘riga olib uy joyi va nonini bo‘lishgan bu millatning jasorati to‘g‘risida qiziqarli va ta’sirchang arxiv hujjatlari va fotosuratlarining namoyish qilinishi tashkil etildi.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi hamda Toshkent shahar davlat arxivi saqlovidagi 70 dan ortiq arxiv fotohujjatlari hamda 40 dan ortiq aloxida qimmatli arxiv hujjatlari, gazeta va kitoblar, jangoxlardan yozilgan maktublar tashkil etadi.